Harakat malakalarining rivojlanishi


Harakatni bajarishning oliy maqomi


Download 31.41 Kb.
bet6/6
Sana25.04.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1398628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HARAKAT MALAKALARINING RIVOJLANISHI

2. Harakatni bajarishning oliy maqomi
Shakllangan harakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi harakat akti yoki harakat faoliyatini bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi har qanday sharoitda shug’ullanuvchi malakani egallashga va uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda,harbiy, sport so`asida) odatlantirish va o’rgatishdir. Faqat shu holdagina malaka o’zining amalliy qimmatiga ega bo’ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shug’ullanuvchi ishonch bilan balandlikdan sakrab wta olsayu, lekin wsha malakani tabiiy twsiqlardan wtishda amaliyotda (hayotda) qwllay olmasa, bunday malakaning qimmati past bo’ladi.
Harakatni oliy tartibda bajara olish – bu o’zlashtirilgan, wrganilgan harakatlarni oz kuch sarflab, sarflanadigan energiyani wta iqtisod qilib turmushda aniq qwllay olishdir.
Bunday ijro malakasi shakllangan harakat malakasi asosida va nisbatan yuqori darajadagi maxsus bilimlar evaziga vujudga keladi. Aslida taolimning (o’qitishning) pirovard maqsadi ham harakatni oliy tartibda bajara olishga o’rgatishdir.
Xarakterli belgilari.
1. Oliy tartibda harakat qila olish ongning xizmat faoliyatini yuqori darajasi hisobidan, holatni ob`ektiv tahlili qila olish, eng zaruri vaqt dificitini e`tiborga olgan holda malakani shunday qwllaydiki, u albatta eng yuqori samaraga olib kelishi.
2.harakat faoliyatini tashkillovchi harakat aktlarini avtomatlashgan holda, ongning nazorati ostida, kerak bwlsa kwnikmagan sharoitda korrekciya talab qilinganda ham bajarilishi.
3. Oliy tartibdagi harakatni qila olish faqat twla (bir butun) harakat faoliyatlarini bajarishdagina namoyon bwlishi.
Oliy tartibdagi bajara olishning shakllanishi jismoniy tarbiyaning amalliy ahamiyatini ifodalaydi, sport mahoratini oshirishning rezervi hisoblanadi. harakat malakalariga qwyilayotgan talablarning xarakteri bajara olishning oliy tartibini uch turga ajratish imkonini beradi.
Wrganganidan, egallaganidan qila oladigandan, atrof muhitni talablari bilan muvofiq, parallel yoki turli xil ketma-ketlikda samarali foydalanish lozim bo’ladi. Masalan, yugurish malakasini tabiiy twsiqlardan oshishda qwllash.
Bir vaqtning o’zida ikki yoki bir necha shakllangan malakalardan foydalana olish, masalan yugurib ketayotib uloqtirish.
İkki yoki bir-necha shakllangan malakalardan ketma-ket samarali foydalana olish. Masalan, dumbaloq oshishlardan swng muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish.
Harakat malakasining shakllanishi va takomillashishi qonuniyatlari harakat faoliyatlarini o’qitishning har bir holatida namoyon bo’ladi. Lekin uning shakllanishi, takomillashishi va swnishining davomiyligi (uzunligi) juda ham turlicha va o’quvchining qobiliyatiga, ayniqsa, malakaning o’ziga xos xususiyatlariga, o’qituvchining shaxsi va ta`lim metodikasining takomillashuviga, ortib borayotgan harakat tajribasi vah.k.ga bog’liqdir.


Adabiyotlar




  1. Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.

  2. Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.

  3. Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.

  4. Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001

  5. Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003.

  6. Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.

  7. Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.

  8. Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004.

  9. Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.

  10. Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й.

Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling