Harakat malakalarining rivojlanishi


Malakaning xarakterli belgilari


Download 31.41 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1398628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HARAKAT MALAKALARINING RIVOJLANISHI

Malakaning xarakterli belgilari:
1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakat-larning bajarilishiga unchalar e`tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi.
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o’qitish – natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi rolini inkor etib bwlmaydi. harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinaciya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o’zaro aloqasi) avtomatlashadi.
4. O’quvchining ongi asosan o’zak komponentlarga, sharoitning o’zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga ywnaltiriladi.
Zaruriyatga qarab o’quvchi, wrganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo’lgan o’zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga wtib ketishi mumkin (masalan: qo’lda yoki boshni erga qwyib turishda muvozanatni yo’q otsa, o’quvchi «grupperovka» (yig’ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin).
5. Harakat malakasi yuqori turg’unlikka ega. Bu shuni kwrsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo’ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar vahokazolar), o’quvchilarga odatlanmagan kuzatuvlarning ta`siri (tomashabinlar).
6. Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma`lum tizimning mavjudligi va o’ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarning bir butun harakat faoliyatiga ortiqcha harakatlar ushlanishini yo’q otish bilan birlashtirishda ifodalanadi. harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko’rsatishning vaqti qisqaradi.
7.harakat malakasi shakllanishi analizatorlar funkciyasini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. harakat analizatorining roli ortadi, harakat nazoratida muskul hissiyoti etakchi ahamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining twpni his qilishi va boshqalar.
Malakaning fiziologik mexanizmi. İ.M. Sechenov va İ.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin harakatlarni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan. harakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyaciyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning ahamiyatiga katta e`tibor beriladi, chunki ular meros bo’lib nasldan-naslga wtmagan javob reakciyalari bilan bog’liq.
Harakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik fazaga bwlinadi, bunda gap harakat faoliyatini qaytarish bilan aynan bog’liq bo’lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos.
1-faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo’zg’alish jarayonining keng irradiaciyasi bilan xarakterlanadi. Tashqaridan bu harakat faoliyatining tashqi kwrinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq bwlmagan va ko’pincha keragi yo’q harakatlar ham qwshilib bajarilishi orqali boradi.
II-faza shu bilan farqlanadiki, qo’zg’alishning ortiqchaliligi tormozlanish jarayoni rivojlanishi bilan chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga harakat faoliyatini nisbatan to’g’riroq bajarish, ortiqcha harakatlarni yo’q otish muvofiq keladi. Ammo qo’zg’alish va tormozlanish jarayonining o’zaro takomillashmagan holdagi wrin almashishlarining hali etarli darajada emasligi harakatlarda ortiqcha zwriqish, muskullar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi.
III-faza harakatning dinamik steriotipi shakllanishining tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu harakatlarni nisbatan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo’lib boradi.

Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling