Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


Download 0.99 Mb.
bet8/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

Himoya taktikasi.

Keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol musobaqalarida raqib hujumiga qarshi qo‘llaniladigan himoya harakatlari taktik jihatdan qanchalik serqirrali va mukammal bo‘lsa, shunchalik raqibni hujum rejasini “puchga” chiqarish, to‘pni olib qo‘yish va qayta hujum uyushtirish imkoni keng boiadi.
Himoya taktikasi ham hujum taktikasi kabi individual, guruhli va jamoa harakatlari asosida amalga oshiriladi. Lekin himoya taktikasini samarali ijro etish va uni foydali natija bilan yakunlash ustuvor jihatdan o‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirilganlik, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar salohiyatiga bog‘liqdir.
Bundan tashqari raqibni individual, guruhli va jamoaviy hujum taktikasini hamda ularning sirli hatti-harakatlarini, rejalarini oldindan bashorat qila olish (bilish), vaziyatni tezda payqash va unga asosan qarshi himoya usullarini qo‘llay olish himoya taktikasini foydali koeffisient bilan ado etishga yo‘l ochib beradi.
Individual himoya taktikasi ikki yo‘nalishda ijro etiladi:
- to‘psiz hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash;
- to‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash (4-andoza).

To‘psiz hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash - shu raqibni sherigidan to‘p olish yoiini rich to‘sish, uni sapchigan to‘pni olishiga qarshilik ko‘rsatish va himoyada harakatlanayotgan o‘z sherigiga tezkor yordam berishga tayyor bo‘lishi bilan farqlanadi.
Raqibni sherigidan to‘p olish yo'lini zich to'sish (unga halaqit berish) uchun himoyachi: qulay pozitsion holatni tanlashi, to‘pni harakatlanayotgan joyi yoki yo‘nalishini bilishi, savatgacha (shchitgacha) bo‘lgan oraliqni aniq his qilishi (bo‘lishi) va hujum qilayotgan raqibning taktik imkoniyatlari, hujum usullari va uning sir-asrorlarini bilishi lozim. Bunday holatlarda himoyachi quyidagi uch omilga (uchburchak) e’tibor qaratmog'i darkor: to‘p, savat va o'zi ta’qib qilayotgan (himoya qilayotgan) hujumchi (56-rasm).
Individual himoya taktikasining muhim elementlaridan biri o‘z shchitidan sapchigan to‘pni raqib tomonidan egallashga to'sqinlik qilish yoki uni o‘zi egallashdir. Olz shchitidan sapchigan to‘pni egallash qayta hujum uyushtirishning yagona va o‘ta samarali omilidir.

To‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo'llash - raqibning faol hujumini bartaraf etish (to‘p uzatishda, to'pni urib yorib o‘tishda va savatga to‘p tashlashda)ga qaratiladi. Aynan to‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo'llashda shu raqibning taktik rejasini oldindan payqash, to‘pni bo'lajak yo‘nalishini sezish, uning individual taktik qobiliyatini bilish va shularga asosan eng samarali individual taktik usulni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling