Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


II BOB. TADQIQOT VAZIFALARI, USULLARI VA UNI TASHKIL QILISH


Download 0.99 Mb.
bet10/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

II BOB. TADQIQOT VAZIFALARI, USULLARI VA UNI TASHKIL QILISH.
2.1. Tadqiqot vazifalari.
1. Yosh basketbolchilarni tayyorlashda qo’llaniladigan harakatli o’yinlar orqali o’yin taktikasini o’rgatish.
2.Yosh basketbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlanishda harakatli o’yinlaridan foydalanish samarasini aniqlash.
2.2. Tadqiqot usullari
Tadqiqotni tashkil qilishda quyidagi usullar qo’llaniladi:
1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlili;
2. Pedagogik test sinovlarini o’tkazish;
3. Pedagogik tajriba;
2.2.1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili
O`quv mashg’ulot guruhidagi Yosh dzyudochilarning maxsus kuch imkoniyatlarini rivojlantirish uslubiyatini o`rganish bo`yicha ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlil qilindi. Ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil qilishda Yosh basketbolchilarning maxsus taktik imkoniyatlarini rivojlantirish uslubiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

2.2.2. Pedagogik test sinovlari.
Pedagogik kuzatish, yosh basketbolchilarni tayyorlash usuliyati bilan bog’liq masalasini o’rganish maqsadida hamda yosh basketbolchilarni tayyorlash turlari jismoniy tayyorgarligini hisobga olish bilan o’quv-mashqlari mashg’ulotlarida foydalaniladigan harakatli o’yinlari soni va mosligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
2.2.3. Pedagogik tajriba
Basketbolchilarning boshlang’ich tayyorgarlik guruhlarida takrik tayyorgarliklari quyidagi testlar yordamida aniqlanadi:
1. Yuqori startdan 30 metrga yugurish.
2. Yo’nalishni o’zgartirib 30 metrga yugurish
3. Joyidan turib uzunlikka sakrash.
4. Ikki oyoqda joyda turib, yuqoriga sakrash.
5. To’ldirma to’pni (1kg) boshi ortidan ikki qo’llab uloqtirish.
2.3. Tadqiqotni tashkil qilish
Tadqiqotlar tanlab olingan sportchilar ustida olib borildi.
Birinchi bosqichda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tanlandi va tahlil qilindi, tadqiqot uslubiyati aniqlandi va sinovdan o’tkazildi, vazifalar belgilandi va to’pni urib yurish texnikasini bajarish qobiliyatlari aniqlandi.
Ikkinchi bosqichda maxsus xarakat mashqlari saralab olindi va to’pni urib yurish texnikasi mashqlari qatoriga kiritildi.
Uchunchi bosqich: olingan ma’lumotlarni umumlashtirib kurs ishini yozish amalga oshirildi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling