III bob. Boshlang’ich tayyorgarlik guruhlarida o’yin taktikasiga o’rgatish uslubiyati.
O‘yin taktikasiga o‘rgatish jarayonini odatda o‘yin texnikasiga o‘rgatish jarayoni bilan parallel tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi. Chunki har bir o‘yin usuli texnikasini shakllantirish muayyan taktik maqsad sari tashkil etiladi.
Binobirin, o‘yin texnikasiga o‘rgatish bosqichlari, uslublari, vositalari va prinsiplari o‘yin taktikasiga O‘rgatish jarayonida ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Albatta, o‘yin taktikasiga o‘rgatishni boshlash texnikani o‘zlashtirish yakunida, uni mukammallashtirish bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. O‘yin taktikasiga o‘rgatish va uni shakllantirishda tushuntirish, tasawur hosil qilish, ko‘rsatish (andozalar, rasmlar, videoslaydlar, videofilmlar) uslublari alohida ahamiyat kasb etadi.
3.1 Boshlang’ich tayyorgarlik guruhlari va jamoalari ishtirokida ijro etiladigan taktikalar.
Individual taktik harakatlar o‘yinchini (shug‘ullanuvchini) to‘psiz va to‘p bilan ijro etililadigan harakatlarini o‘z ichiga oladi.
Hujum qilayotgan o‘yinchining to‘psiz harakatlari doimo muayyan taktik maqsadga qaratiladi. U himoyalanayotgan raqib va raqiblaming harakati, qabul qilinadigan taktik qarori va rejasini his qilmog‘i, ulaming joylashishi, o‘zaro harakati, hujum usullari to‘pni harakatlanish tezligi, yo‘nalishi va baland-pastligini kuzatishi, tahlil qilishi, farqlashi va shunday vaziyatlami e’tiborga olgan holda o‘z faoliyatini amalga oshirmog‘i darkor. To‘psiz bajariladigan individual hujum taktikasiga o‘rgatishda aynan ushbu holatlar treneming diqqat markazidan joy olmog‘i lozim. o‘yinchini to‘psiz bo‘sh va qulay joyga chiqib “ochilishi” to‘pni sherigidan muvaffaqiyatli qabul qilib, navbatdagi hujum harakatini foydali davom ettirish imkoniyatini yaratadi. Aynan ana shunday individual harakatlar o‘rgatish jarayonining ustuvor predmiti sifatida shakllantirilishi kerak.
To‘p bilan ijro etiladigan individual taktik harakatlarga о‘rgatish.
Individual taktik harakatlar samaradorligi faqat yuksak shakllangan va mukammal sayqal topgan usullar texnikasi evaziga ta’minlanishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, agar o‘yin texnikasi yuksak shakllangan bo‘lsayu, ammo uning aniq taktik maqsadi mavjud bo‘lmasa, shubhasizki bunday harakat foydali natija bermaydi. Demak, individual harakat taktikasiga о‘rgatish о‘yin texnikasi bilan “yonma-yon” shakllantirilishi kerak. Har bir hujum vaziyatida qarshilik ko‘rsatayotgan raqibga nisbatan faqat birgina eng samarali individual taktik usul mavjud bo‘ladi. Ana shu usulni samarali ijro etish hujumchida quyidagi individual qobiliyatlami shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratadi:
- harakatlanayotgan to‘pni doimiy nazorat qilib borish;
- ko‘rish-kuzatish doirasini kengaytirish;
- o‘z vaqtida qulay joyda chiqib, to‘pni qabul qilish uchun “ochilish” va uni egallab navbatdagi harakatni amalga oshirish.
Individual hujum taktikasini qo‘llash samaradorligi ustuvor jihatdan to‘pni o‘ng va chap qo‘lda bir xil mahorat bilan urib yurishyugurish, uzatish, ilish, savatga tashlash, to‘p bilan joyda va sakrab o‘ng hamda chap tomonlarga burilib-aylanib uzatish, savatga tashlash, o‘ng va chap tomonlar bo‘ylab chalg‘ituvchi harakatlami (fintlami) ijro eta olish qobiliyatiga bog‘liqdir. Binobarin, individual taktik harakatlarga o‘rgatishda mazkur qobiliyatlami shakllantirishga urg‘u berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |