Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


To’pni urib yugurish ko’nikmalarini shakllantirish tajribasini o’rganish natijalari


Download 0.99 Mb.
bet14/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

3.2 To’pni urib yugurish ko’nikmalarini shakllantirish tajribasini o’rganish natijalari.
Yosh basketbolchilar mashg'ulotlarida o'yin usullarini shakllantirish tajribasini o'rganish o'rgatish va takomillashtirish jarayonlarini ilmiy-uslubiy jihatdan maqsadli tashkil qilish imkoniyatni yaratadi.
Biz yosh basketbolchilar mashg'ulotlarida to'pni urib yugurish usullarini shakllantirish tajribasini vizual kuzatuv uslubi asosida o'rgandik. Jumladan, kuzatilgan 24 ta mashg'ulot davomida to'pni urib yurish-yugurish ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha qo'llaniladigan mashqlar, to'pni urib yugurish texnikasi va tezligini alohida hamda parallelshakllantiruvchi mashqlar, to'pni urib yugurish tezligi oshirilganda texngikaning o'zgarishi, shu usullari shakllantirishda qo'llaniladigan an'anaviy-standart, estafetalar va vaziyatli mashqlar, maxsus harakatli o'yinlardan. foydalanish tajribasi o'rganildi. Ushbu jarayonda to'pni urib yugurish usullarining shakllanganlik darajasini baholashga qaratilgan nazorat-test mashqlarni qo'llani lishiga alohida e'tibor qaratildi.
Buning uchun maxsus kuzatuv bayonnoma-jadvali ishlab chiqildi va qayd etilgan kuzatuv natijalari ushbu bayonnomaga kiritildi (1-jadval).
Mashg'ulotlari kuzatish va tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, to'pni urib yuguris ko'nikmalari o'rgatish hamda takomillashtirish ob'ekti sifatida xartomonlama va chuqur sayqal toptirilmas ekan. Avvalom bor to'pni urib yugurish texnikasi, uning turg'unlik, o'zgaruvchanlik, mukammallik, hartomonlamalik xususiyatlari, ularning amaliy ahamiyati nazariy jihatdan umuman tushuntirilmasligi ma'lum bo'ldi.
To'p urib yugurish texnikasida muhim rolo'ynovchi tana va tana qismlarining o'zaro harakati, koordinasion, biomexanik va kinematik mazmuni haqida batafsil bilim berish nazardan chetda qolar ekan.


1-jadval
Yosh basketbolchilar mashg’ulotlarda to’pni urib yurish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha kuzatilgan natijalar bayonnomasi (24 mashg’ulot bo’yicha)




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling