Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


Yosh basketbolchilar bilan olib borilayotgan an'anaviy mashg'ulotlar davomida to'pni urib yugurish texnikasi va tezligining shakllanishi


Download 0.99 Mb.
bet16/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

Yosh basketbolchilar bilan olib borilayotgan an'anaviy mashg'ulotlar davomida to'pni urib yugurish texnikasi va tezligining shakllanishi.
Sport amaliyotida dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab ko'p yillik sport trenirovkasining turli bosqichlarida o'tkaziladigan pedagogik nazorat natijalari mashg'ulotlarni ilmiy asosda rejalashtirish va tashkil qilish imkoniyatini yaratadi Lekin afsuski, Respublikamiz bo'ylab faolyait ko'rsatayotgan aksariyat sport to'ga raklarida, jismoniy tarbiya darslarida va BO'SMlarda olib borilayotgan mashg'ulotlar dasturlardan ko'r-ko'rona" ko'chirib olingan rejalashtiruv xujjatlari asosida o'tka- ziladi. Ularning mazinani, qayd etilgan yuklamalar hajmi va mashg'ulotlarning mantiqiy yo'nalishi shug'ullanuvchi balalaming jismoniy, psixofunksional va texnik- taktik imkoniyatlariga mutanosib tartibda moslashtirilmaydi. Boz ustiga o'quv mash- g'ulotlarini tashkil qilishda muntazamlik, uzluksizlik, izchillik, mukammallik va yuklamalar xajmi-shiddatini "to'lqinsimon" yo'nalishda oshirish prinsiplariga jiddiy rioya qilinmaydi. Vaholanki, mashg'ulotlari o'tkazishda bunday yondashuvga asos- lanish o'quvchilarda nafaqat texnik-taktik imkoniyatlarni shakllanishiga putur yet- kazadi, balki ular orginizmida Jismoniy va psixofunksional zo'riqish alomatlarini yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Biz o'z tavsiyanomamiz vazifalariga muvofiq basketbol to'garaklarida olib borilayotgan an'anaviy mashg'ulotlarida ushbu sport turida o'ta muhim ahamiyatga loyiq bo'lgan harakatlanish tezligi va texnikasini shakllanish dinamikasini o'rgandik. Ma'lumki, basketbolda maksimal tezlikda goh xujum harakatlarini uyushtirish, goh harakatlariga o'tish o'ziga xos holat-harakatlanish texnikasi, shu jumladan to'psiz va to'pni urib keskin o'zgaruvchan yo'nalishlar bo'ylab raqib yoki raqiblar qarshiligini olib o'tish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu mavzu BO'SMda 1 yil va 3 yil davomida an'anaviy mazmunli basketbol mashg'ulotlarida shug'ullangan bolalar misolida o'rganildi.
Tadqiqotda quyidagi test mashqlaridan foydalanildi:
-2x14 m oraliqqa basketbolchiga xos to'psiz yugurish tezligi va texnikasi;
-2x14 m oraliqqa to'pni urib yugurish tezligi va texnikasi,
-2x14 m oraliqqa to'pni urib keglilararo yugurish tezligi va texnikasi.
Yugurish tezligi va texnikasini baholash usullari, testlarni qabul qilish tartibi va shartlari 2 bo'limda qayd etilgan.
Xolisona vizual kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, basketbol to'garaklaridu olib borilayotgan aksariyat mashg'ulotlarda basketbolchiga xos holatlar texnikasiga e'tibor qaratiladiyu, lekin shunday holatlarda to'psiz yugurish texnikasi va tezligini shakllantirishga yetarli ahamiyat berilmas ekan. Vaholanki zamonaviy basketbolda keskin o'zgaruvchan yo'nalishlarda to'psiz yugurish texnikasi va tezligi qanchalik yaxshi shakllangan bo'lsa, hatto raqib yoki raqiblar qarshiligi bilan bog'liq murakkab vaziyatlarda ham qulay joyga chiqib (ya'ni ochilib) to'pni qabul qilish yoki uni savatga tashlash imkoniyati shunchalik ko'proq bo'ladi. To'psiz yugurish mahorati, ayniqsa raqib shchiti oldidan tezda o'z shchiti oldiga qaytib, himoya harakatlarini samarali tashkil qilishga asos bo'ladi. Shunday ekan to'psiz yugurish tezligi va texnikasini erta yoshlikdan boshlab turli vaziyatli mashqlar yordamida integral tartib shakllantirish basketbolchiga xos maxsus chaqqonlikni jadal sayqal topishiga turtki beradi.
Biz ana shu amaliy jihatdan muhim bo'lgan masalalarni basketbol bilan I yil shug'ullangan (11 yosh) va 3 yil shug'ullangan (14 yosh) bolalar misolida o'rgandik. Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, basketbol bilan 1 yil davomida shug'ullangan 16 nafar 11 yoshli bolalar to'psiz yugurish tezligining minimal (min) ko'matgichi 7,8 sek, maksimal tezlik 10,2 sek ni tashkil etdi. Ko'rsatgichlar oralig'i (diapazoni) 2,4 sek bilan ifodalandi. O'rtacha arifmetik ko'rsatgich 8,89 sek ni tashkil etdi. E'tiborli joyi shundaki, basketbol bilan 3 yil davomida shug'ullangan 16 nafar 14 yoshli bas- ketbolchilarda to'psiz yugurish tezligi 7,6-10,0 sek oralig'ida qayd etilgan bo'lib, o'rtacha ko'rsatgich 8,66 sek.ga teng bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, 3 yil davomida ham to'psiz yugurish tezligi o'ta minimal farq bilan o'sgan. Bunday holat shundan darak beradiki, 3 yil davom etgan basketbol mashg'ulotlari basketbolchiga xos yugurish tezligini deyarli oshirmagan.
Taqqoslash uchun shuni misol keltirish mumkinki, G.R. Amrenova (1997)ning ma'lumotlariga qaraganda 9-10 yoshli basketbolchi bolalarda 20 m yugurish bo'yicha qayd etilgan eng minimal ko'rsatgich 4.2 sex ni eng maksimal ko'rsatkich 6,3 sek ni tashkil etgan. Yoki K.M. Maxkamjonov, F.N. Nasriddinov (1996)larning tadqi qotlarida 3x10 m ga mokkisimon tartibda yugurish tezligi 7 yoshli bolalarda 10,4 sek. 8 yoshli bolalarda 10,6 sek, 9 yoshli 9,8 sek, 10 yoshli bolalarda 9,6 sek ni tashkil etgan.
2-jadval

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling