Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


Guruh hujum taktikasiga o‘rgatish


Download 0.99 Mb.
bet12/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

Guruh hujum taktikasiga o‘rgatish.
Guruh (2-3 kishi) ishtirokida ijro etiladigan hujum taktikasiga o‘rgatishda bir qator mashqlar tizimidan foydalanish afzal: “to‘pni uzat-o‘zing chiq”, “juftlik harakati”, “uzat-kesib chiq”, “uchburchak”, “uchlik harakati”, “kichik 8 harakati”, “kesma chiqish”, “ikki yoqlama berkitish” (to‘sish).
Guruh ishtirokida ijro etiladigan barcha taktik harakatlar quyidagi ketma-ketlikda o‘rgatilishi tavsiya etiladi:
- namoyish “doska”sida yoki maketdagi andoza yordamida o‘rgatilayotgan harakatlar taktikasining tushuntirish va ko‘rsatish;
- ushbu harakatlami sekin, o‘rtacha va tezkor shiddatda shakllantirish;
- ushbu harakatlami maxsus vositalar va vaziyatlar asosida modellashtirilgan, о‘yin mashqlari yordamida o‘zlashtirish;
- ushbu harakatlami bir va bir necha raqib qarshiligida shakllantirish;
- ushbu harakatlami ikki yoqlama o‘quv o‘yinlari davomida shakllantirish.
Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatish.
Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatishda awalo o‘yinchilaming o‘yin ixtisosligiga (ampluasiga, funksiyasiga) qarab maydonda dastlabki joylashishi etiborga olinishi lozim. So‘ng quyidagi hujumga xos taktik harakatlar o‘rgatiladi:
- turli yo‘nalishni andozalar asosida ijro etiladigan o‘zaro taktik harakatlar;
- qarshilik ko‘rsatayotgan raqib va raqiblaming zich ta’qibiga nisbatan taktik usullami qo‘llash mazmuni;
- har bir 0‘yinchilaming jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarga muvofiq ijro etiladigan hujum harakatlari;
- raqib yoki raqiblami keskin “yorib” o‘tib hujum taktikasini qo‘llash;
- pozitsion hujumda har bir o‘yinchining taktik harakatlari;
- modellashtirilgan hujum harakatlari.
Guruh va jamoa taktik harakatlarini shakllantirishda turli tartibda qo‘llaniladigan o‘yin mashqlari dan foydalanish muhim ahamiyatga loyiqdir. (2x2; 3x3; 4x4; 5x5; 1x2; 2x1; 2x3; 3x2; 4x3; 3x4; 5x4; 4x5;)
Himoya taktikasiga o‘rgatish. Individual himoya taktikasi
Himoyaga xos individual harakatlar taktikasiga o‘rgatish individual hujum harakatlari usullari, ulaming xususiyati, mazmuni va shiddatiga muvofiq yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Individual himoya taktikasi to‘psiz va to‘p bilan ijro etiladigan harakatlardan iborat bo‘ladi.
To‘psiz harakat qilish taktikasiga hujum qilayotgan raqibni zich ta'qib qilish, uning harakat yo‘nalishini to‘sish, to‘p yo‘nalishini "berkitish”, qo‘llami yoyib qarshilik ko‘rsatish, raqibning o'zgaruvchan harakatiga mos (driblingga mos) harakat bilan qarshilik ko'rsatish, uzatilgan yoki savatga tashlangan to‘pga to‘siq qo‘yish kabi usullar kiradi. Bunday himoya usullarini dastlab sekin shiddatda qism va fazalarga bo‘lib shakllantishirilishi tavsiya etiladi.
Keyingi bosqichlarda o‘rgatuvchi mashqlar mazmuni borgan sari murakkablashtirib beriladi, ulami bajarish shiddati ham sekin-asta Oshirib boriladi.
Himoyaga xos individual taktik harakatlar nafaqat o‘z shchiti alrofida amalga oshiriladi, balki raqib hujumining dastlabki bosqiehidanoq (raqib shchiti oldidan boshlab) faol himoya choralari ko'riladi. Bunday individual himoya tizimi lxl yakkama-yakka raqobat tasirida shakllantirilishi ijobiy natija beradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling