Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni
I bob. ILMIY-USLUBIY ADABIYOTLARNI TAHLILI
Download 0.99 Mb.
|
boshlang\'ich tayyorgarlik
I bob. ILMIY-USLUBIY ADABIYOTLARNI TAHLILI
2000 yildan boshlab Yurtimiz ta'lim muassasalarida "Umid nihollari". "Barkamol avlod", "Universiada" kabi ommaviy sport musobaqalarining joriy etilishi va ularni uzluksiz o'tkazilib kelinayotgani ushbu sport turini yanada kengayishi, minglab, bolalar turmush tarzidan joy olishi va ularning kundalik ehtiyojiga aylanishiga asos bo'lmoqda. Ammo basketbol nafaqat keskin o'zgaruvchan yo'nalish va favqulodli vaziyatlarda ijro etiladigan o'ta tezkor, texnik-taktik mahoratni talab qilgani uchun, balki ushbu o'yinda g'alabaga erishish imkoniyati xotira, ong, idrok, diqqat, tafakkur va iroda kabi punofiziologik xislatlar orqali tezkor tahlil qilish, farqlash va foydali qaror qabul olishga doir intellektual qobiliyatlar bilan bog'liq bo'lgani tufayli uni erta yoshlikdan boshlab ilmiy asoslangan o'rgatuvchii mashqlar yordamida o'zlashtirish afzaldir, Darhaqiqat, basketbol o'z mohiyati bilan bir qarashda oson va sodda o'yindek tuyuladi, lekin “savatli” basketbolchi bo'lish serbilimli va yuqori malakali ustozga muhtojdir. Kuzatuvlar shundan darak beradiki, ushbu masalalarni amalga oshirish zarurligi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va uning bevosita rahbarligida qabul qilingan barcha farmon va qarorlarda, ayniqsa 2021 yil 5 noyabrda joriy etilgan "Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to’g’risida"gi qarorda alohida ta'kidlangan bo'lsada, xali Respublikamiz bo'ylab faoliyat. ko'rsatayotgan aksariyat sport to'garaklari va BO'SMlarda olib borilayotgan o'quv- trenirovka mashg'ulotlari zamon talablariga javob bermaydi. Jumladan, mashg'ulot va musobaqa yuklamalari shug'ullanuvchi bolalar yoshi, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlariga qarab rejalashtirilmaydi, mavjud rejalashtiruv hujjatlari esa tabaqalashtirilgan xususiyatga ega emas, ular yillab mutanosiblik jihatidan o'zgartirilmay qo'llanilib borilaveradi. Vaholanki, tabaqalashtirilmagan yuklamalar xajmi va shiddati nafaqat xali yosh, yetilmagan sportchi bolalarda, balki professional sportchilar organizmida ham salbiy psixofiziologik asoratlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday holat bora-bora o'ta toliqish, zo'riqish, hatto turli jarohatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. (В.П. Фи-лин, 1995; Л.П. Матвеев, 1999; Л.П. Василков, 2000; 10.В. Верхошанский, 1998; В.Н. Платонов, 2004, Ж.К. Холодов, В.С. Кузнецов, 2008; Ю.Д. Железник, 2013). Ana shunday nuqsonlar, kamchiliklar va muammolar bolalar basketbolida ham. ko'zga tashlanadi. Basketbol nafaqat yer kurrasida, balki yurtimizda ham eng ommaviylashgan sport turlari tarkibiga mansubdir. Barcha turdagi ta'lim muassasalari, tashkilotlar, korxonalar, dam olish maskanlari, hatto mahalla "burchaklarida ham zamonaviy basketbol maydoni yoki "qo'l bola" maydoncha va shchit-halqalarini ko'rish mumkin. Binobarin, muhokama etilayotgan harakat ko'nikmasiga dastlabki o'rgatish bosqichida sodda mazmunli va sekin shiddatli mashqlar mazmunini sekin-asta marakkablashtirib borish hamda ularni ijro etish tezligini oshirib borish kabi didaktik prinsiplarga rioya qilish "yuksak texnika - maksimal tezlik birligini ta'minlashga asos bo’ladi (3. Кожевников, 1991, М.В. Леньшина, 1999; Ю.М. Портнов, 1997; 10.М. Портнов ва б., 2002, Н.В. Сонина, 2007, Ю.Д. Железняк, Д.И. Несте poncall, 2013). Demak, bugungi basketbolda to'g'ri va keskin o'zgaruvchan yo'nalishlarda to'pni urib yugurish ko'nikmasining "yuksak texnika – maksimal tezlik" birligini shakllantirish o'ta dolzarb va muhim ahamiyatga loyiq masalalar tarkibiga mansub deb ta'kidlash mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling