Harakat texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishda jismoniy sifatlarning o’rni


Download 0.99 Mb.
bet5/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1249995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
boshlang\'ich tayyorgarlik

O‘yin tizimi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro joylashishi va o ‘zaro harakatini anglatadi. 0 ‘yin tizimsi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy o‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimsi; himoyada shaxsiy o ‘yin tizimsini qo‘llash va h.k.).
Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinasiyalar asosida amalga oshiriladi.
Kombinasiya - hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) о‘yin tizimsini anglatadi. Bundan tashqari “o‘yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. O‘yin taktik jihatdan aktiv (faol) va passiv (sust) shakllarda olib borilishi mumkin. O‘yinni aktiv shaklda olib borilishiga maydon bo'ylab raqibga nisbatan xavfligi vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini ko‘rsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o'zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlami uyushtirishlar misol bo‘la oladi.
Passiv shaklda o ‘yinni olib borish - bu demak raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday о‘yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo‘llaniladi, ayrim hollarda bunday o‘yin shakli asabga “tegish” uchun qo‘llaniladi.
O‘yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo‘llaniladi:
- yakka (individual) harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalami sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko‘rsatishni anglatadi;
- guruhli harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalami ikki yoki uch o‘yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlami ifodalaydi;
- jamoali harakatlar - bu jamoaning barcha o‘yinchilari ishtirokida о‘yin oldiga qo‘yilgan taktik vazifalami amalga oshirish chorasini belgilaydi.
O‘yinchilarni o‘yin funksiyasi (ixtisosligi) bo‘yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o‘yinchilar quyidagi funksiyalarga (amplua) ixtisoslashganbo‘ladi:
- himoyachilar;
- forvardlar;
- markaziy o‘yinchilar.
Himoyachi o‘yinchilaming fimksiyalari:
- hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish;
- pozitsion holatdan savatga to‘p tashlash;
- raqiblami tezkor “yorib” o‘tib savatga hujum qilish;
- himoyada - raqiblami tezkor kontr hujumini to‘xtatish;
- o‘z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish.
- forvardlar:
- keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish;
- uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish;
- o‘zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujumchisiga aniq to‘p uzatish qobihyati hisobiga savat oldida o‘yin keskinlashtirish;
- markaziy hujumchi bilan birga raqib va o‘z shchiti oldida sanchigan to‘pni olib qayta hujum uyushtirish.
Markaziy hujumchilar - baland bo‘yli, odatda baquwat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o‘yinchilar hujumda ham, himoyada ham shshchitdan sapchigan to‘plarni olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o‘z shchiti oldida) to‘p yo‘nalishini to‘sish, savatga to‘siq qo‘yish bog‘liq “ishlarni” bajaradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling