Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Tulki va tovuqlar
6
 
6
Татар ҳалқ ўйини. “Детские подвижные игры…” 


31 
Maydonchaning (xona) bir tomonida “tovuq xonada” tovuq va xo‘rozlar, 
ikkinchi tomonida esa tulki yashaydi. Tovuq va xo‘rozlar sayr qilib, maydonchada 
(xonada) yurishadi, don, turli hasharotlarni cho‘qishadi. Ularni ko‘rgan tulki juda 
ayyorlik bilan oyoq uchida yaqinlashadi, shu onda xo‘rozlar “Qu-qu-qu-uuu!” – 
deb qichqirishadi. Hamma tovuqlar qanot qoqib, tovuq xonaga qarab 
yugurishadilar. Tulik tovuqlardan birini tutishga harakat qiladi. Tutilgan tovuq 
tulki rolini bajaradi. O‘yin bir necha bola tulki rolini o‘ynab bo‘lguncha shu xilda 
davom etadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar chopganlarida bir-birlarini itarmasliklari
ehtiyot bo‘lib chopishlari kerak. Xo‘rozning qichqirishini juda diqqat bilan 
tinglashlari kerak. Tulki hech kimni tuta olmasa, yana o‘zi tulki rolida qoladi. U 
oyoq uchida, juda ehtiyotkorlik bilan harakat (yurish) qilishi kerak. 
Obruchlarni yumalatish 
O‘yinda ishtirok etuvchilar zvenolarga bo‘linadilar va chizilgan chiziqning 
narigi tomonida saf tortib turadilar. Safda birinchi bo‘lib turgan bolalarning qo‘lida 
chambarak bo‘ladi, oldinda, bulardan 10-15 metr uzoqlikda bayroqchalar yoki 
keglilar o‘rnatilgan bo‘ladi. Tarbiyachining: “Qani, yumalat!” – degan komandasi 
bilan safda birinchi turgan bola chambarakni bayroqchalar tomon yumalatib borib, 
tayoqchalar yordamida chambarakni bayroqchaga tegizmasdan uning atrofidan 
aylanib o‘tadi, keyin o‘z qatoriga qaytib keladi va chambarakni navbatdagi bolaga 
beradi. Chambarak va tayoqcha olgan bola chambarakni yumalatib bayroqcha 
tomon yugurib ketadi. Safning oxirida bola topshiriqni bajaraganidan keyin o‘yin 
tamom bo‘ladi. Oldin tugatgan zveno g‘olib chiqadi.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi chambarak bilan tayoqchani qabul qilgan 
bola safdan chiqib ketmasligini kuzatib turadi. Chambarakni itarib borganda uni 
qochirmasligini aytib turadi. 
Kim chaqqon 
O‘yinga tayyorlanish: o‘ynovchilar doira hosil qilib tiz cho‘kib turadilar. 
Boshqaruvchi doira o‘rtasida turadi. O‘yin tasviri: signal berilgan doirada 
o‘tirganlar imo-ishora qilib, bir-birlari bilan so‘zlashadilar va tezda joylarini 
almashtiradilar. Shu vaqt boshqaruvchi joy almashtirayotganlaridan birining joyini 
egallashga harakat qiladi. Joysiz qolgan bola doira o‘rtasiga tushib, onaboshchilik 
qiladi. O‘yin yana davom etaveradi. Kimki doira ichiga sira tushmasa yoki kam 
tushsa, o‘sha birinchi o‘rinni egallagan hisoblanadi.
O‘YIN QOIDALARI. 1. Joy almashinayotgan vaqtda boshqaruvchidan 
boshqa bolalar ularning joyini egallashi mumkin emas. 2. Boshqaruvchi joy 


32 
almashinayotganlarni tutib olmasligi kerak. 3. Bir vaqtning o‘zida 2,4,6 bola joy 
almashishi mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling