Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayroqchaga qarab yuring
Mushuk va sichqonlar
Bolalar – sichqonlar inlarida (xona devori bo‘ylab yoki maydonchaning yon tomonlarida qator qilib qo‘yilgan skameyka yoki stullarda) o‘tiradilar. Maydoncha burchaklaridan birida mushuk o‘tiradi. Mushuk vazifasini tarbiyachi bajaradi. Mushuk uxlab qoladi, sichqonlar esa xona bo‘ylab yugurib yurishadi. Biroq, mana birdan mushuk uyg‘onadi, qaddini rostlab keriladi, miyovlaydi va sichqonlarni tuta boshlaydi. Sichqonlar tez yugurib qochadilar va o‘z inlariga kirib yashirinadilar (stullardan o‘z joylarini egallaydilar). Hamma sichqonlar in-iniga kirib ketgandan so‘ng mushuk yana bir marta xonada maydoncha) bo‘ylab aylanadi. Keyin joyiga qaytib keladi va uhlaydi. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. Sichqonlar mushuk ko‘zini yumib uyquga ketgandan keyingina o‘z inlaridan chiqishlari va mushuk miyovlaganidan keyin inlariga qaytishlari mumkin. Tarbiyachi barcha sichqonlar inlaridan chiqishini kuzatib turadi. O‘yinda o‘yinchoq – mushukdan ham foydalanilsa bo‘ladi. Kubiklardan inlar yasash mumkin. Bu holda bolalar kubiklar ustiga chiqib o‘tiradilar. Turli rang-barang kubiklardan foydalaniladi. Bolalar o‘z inlarining ranglarini eslab qolishlari kerak. Bayroqchaga qarab yuring Tarbiyachi bolalarga ikki hil: qizil va ko‘k bayroqchalar tarqatib chiqadi. U bir qo‘lida qizil, ikkinchi qo‘lida ko‘k bayroqcha ko‘tarib qo‘llarini yon tomonga uzatadi, bolalar qo‘llaridagi bayroqcha rangiga qarab tegishli tomonlarga erkin ravishda o‘tib, ikki guruhga ajraladilar. Shundan keyin tarbiyachi maydon bo‘ylab o‘ynab, yugurishni taklif etadi. Bolalar o‘ynayotgan paytda tarbiyachi boshqa tomonga o‘tib oladi va: “Bir, ikki, uch – tez bu yoqqa uch!” – deydi-da, qo‘llaridagi bayroqchalarini yon tomonlariga uzatadi. Bolalar uning yonida 17 to‘planadilar va qo‘llarida qanday rangda bayroqcha bo‘lsa, o‘sha rangdagi bayroqcha tomoniga o‘tib qator turadilar. Hamma bolalar yig‘ilib bo‘lgach, tarbiyachi bayroqchani yuqoriga ko‘tarib hilpillatishni taklif qiladi. O‘yin to‘rt – besh marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi ishora qilmasdan avval maydon bo‘ylab yugurib ketish mumkin emas. Tarbiyachi bolalarning dam o‘ng, dam chap tomonga yig‘ilishlari uchun bayroqchalarni u qo‘lidan bu qo‘liga olib almashtirib turadi. O‘yinga qo‘shimcha signal va topshiriqlar kiritish mumkin. Masalan, “To‘xta!” signal bo‘yicha barcha o‘ynovchilar to‘xtashlari va ko‘zlarini yumushlari yoki turgan joylarida aylanishlari, yohud raqsga tushishlari mumkin. Mana shu vaqtda tarbiyachi bildirmasdan joyini almashtirib, boshqa joyda turib oladi. Bolalar signal bo‘yicha yana tarbiyachi tomonga qarab yuguradilar. Bayroqchalar o‘rniga bolalarning qo‘liga tegishli rangdagi ro‘molcha yoki bayroqcha, kubik berib qo‘yish mumkin, yo bo‘lmasa ularning qo‘llariga rangli lentachalar bog‘lab qo‘yishlari mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling