Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Kalhat va ona tovuq 
2
O‘ynovchilar o‘z oralaridan kalhat va ona tovuqni saylaydilar. Qolgan 
bolalar jo‘jalarni tasvirlaydilar. Kalhat o‘ziga in yasamoqda. Ona tovuq o‘z 
bolalari bilan sayr qilib kalhat yoniga kelib qoladi. Kalhatni ko‘rib, u shu so‘zlarni 
aytadi: 
 
Kalhat yonida yuraman,
 
 
uch so‘m pulni saqlayman. 
 
 
Bir so‘zi,
 
 
Bir tiyindan. 
Kalhat in yasashni davom ettiradi, in atrofida yuradi, qanotlarini qoqadi, 
jo‘jalarga boqadi. Ona tovuq jo‘jalari bilan uning yoniga yanada yaqinlashib gapga 
tutadi: 
- Kalxat, kalxat aytchi, nima qilmoqdasan? 
- Chuqur kovlamoqdasan. 
- Nima izlaysan? 
- Bir tiyin tanga izlamoqdaman. 
- Bir tiyin tanga senga nega kerak? 
- Igna sotib olaman. 
- Igna senga nega kerak? 
- Xaltacha tikish uchun. 
- Xaltacha senga nega kerak? 
- Toshchalarni qo‘yish uchun. 
- Toshchalar senga nega kerak? 
- Sening bolalaringga qarab otish uchun. 
- Nima uchun? 
- Mening polizimga kirmasliklari uchun. 
- Baland devor yasagin, agar devor yasab bilmasang, tutib olishga 
o‘rgangin. 
2
“Детское подвижные игры народов СССР” китобидан олинган М.: «Просвещение». 1988 г.


20 
Ona tovuq shu so‘zlarni aytishi bilan kalhat jo‘jalarni tutishga kirishadi. Ona 
tovuq ketidan qator bo‘lgan jo‘jalar tutqich bermaydilar. Ona tovuq kalhatni: “kish, 
kish, sen еyaolmaysan, bolalarimni tutolmaysan”, - deb navbatdagisini tutmoqchi 
bo‘ladi. Bir necha jo‘jani tutgach o‘yin boshqatdan boshlanadi. 
O‘YIN QOIDASI. Jo‘jalar saf tortib, bir-birlarining belidan ushlaganlaricha 
ona tovuq ketiga saflanadilar va kalxatga tutqich bermaslikka harakat qiladilar. 
Kalxat safdagi jo‘jalarning eng oxirgisini ushlashi shart. Yiqilgan jo‘jalar tezlik 
bilan joylaridan turib, joylarini egallashlari kerak. Ona tovuq o‘z bolalarini himoya 
qiladi, kalxatni qo‘li bilan itarmasligi shart. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. 
Pufakcha 
Bolalar oyoq uchida chukkalagan holda, ikki qo‘llarini polga yoki еrga 
tegizib turadilar. Tarbiyachining “Pufak shishmoqda”, - deyishi bilan qo‘llarini 
ikki tomonga yoyyadilar. Tarbiyachining “Pufak uchdi” - deyishi bilan yuguradilar 
va o‘z atrofida aylanadilar. Tarbiyachining: “Pufaklardan havo chiqdi” - iborasini 
eshitishlari bilan o‘tiradilar va xuddi havo chiqqanidek “t-s-s-s” deyishadi. O‘yin 
uch-to‘rt marta takrorlanadi.
O‘YINNING MAQSADI. Berilgan signal (belgilangan vaqt ichida) vaqtida 
harakatlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish, nozik harakatlar qilish ko‘nikmasini 
shakllantirish. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling