Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Do‘ngdan-do‘ngga 
Bolalar ikki guruxga bo‘linib, maydonchaning (xonaning) ikki tomonida 
qarama-qarshi turadilar. Ular o‘rtasida maydon bo‘ylab doirachalar – do‘nglar 
(do‘nglar orasidagi masofa har xil 5-7-10 va hokazolar sm.) chiziladi. Tarbiyachi 
goh u, goh bu tomondagi bolalardan bir nechtasini chaqiradi. Ular do‘ngdan-
do‘nga sakrab, maydonchaning ikkinchi tomoniga o‘tadilar. Bolalar sakraganda, 
tarbiyachi 
mashqlarni 
to‘g‘ri 
bajarayotganliklarini, 
harakatlarni 
to‘g‘ri 
qilayotganliklarini kuzatib turadi. So‘ngra boshqa bolalar sakraydilar. Hamma 
bolalarning sakrab bo‘lishlarini kutadi. O‘yin yana boshdan boshlanadi. 
KO‘RSATMALAR. O‘yinda har-xil topshiriqlar, do‘ngdan-do‘nga ikki 
oyoqlab, bir yoqda, yo u yoqdan buyoqqa sakrab o‘tilishi aytiladi. Bajaradigan 
harakatlarni bolalarning o‘zlari xoxlab olishlari mumkin. Bolalarni ikki 


23 
komandaga bo‘lib o‘ynatish mumkin. Harakatlarni yaxshi bajargan komanda 
yutgan hisoblanadi. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi.
Mushuk va chumchuqlar 
Bolalar maydonchaning (xonaning) bir tomoniga polga (erga) bir qator qilib 
qo‘yilgan skameykalarda yoki katta kubiklarda tikka turadilar. Ular tomdagi 
chumchuqlarni ifoda etishadi. Nariroqda mushuk o‘tiradi (tarbiyachi mushuk rolini 
bajarishi mumkin). Mushuk “xur, xur” qilib uxlab yotadi. Chumchuqlar tomdan 
pastga sakrab tushadilar, qanotlarini rostlab har tomonga uchib ketadilar. Qanot 
qoqib uchganlarida mushuk uyg‘onib qoladi: U (miyov-miyov)lab, chumchuqlarni 
tuta boshlaydi. Tutilgan chumchuqlarni mushuk o‘z uyiga olib ketadi. O‘yin besh-
olti marta takrorlanadi. Keyin rollar almashinishi mumkin.
KO‘RSATMALAR. Bolalar sakrayotganlarida oyoq uchlarida, еngil 
sakrashlari kerak. Tizzalarini bukib, balandroq sakrashga harakat qiladilar. 
Tarbiyachi bolalarning qanday sakrayotganliklarini kuzatib turadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling