Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


O‘rmalab o‘tish va tirmashib chiqish o‘yinlari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
O‘rmalab o‘tish va tirmashib chiqish o‘yinlari 
 
Sichqonlar omborxonada 
Bolalar sichqonlarni ifoda etadilar. Ular maydonchaning (xonaning) bir 
tomonida qo‘yilgan stul, skameykalarda, kubiklarda tippa-tik turadilar yoki 
o‘tiradilar, sichqonlar o‘z inlarida bo‘ladilar. Qarama-qarshi tomonda 40-50 sm, 
balandlikda arqoncha tortilgan bo‘lib, o‘rtasida qo‘ng‘iroq osilgan, uning orqasi 
omborxona bo‘ladi. O‘yinda qatnashayotgan bolalarning chap tomonida mushuk 
rolini bajarayotgan tarbiyachi o‘tiradi. Mushuk uxlab qoladi, sichqonlar esa 
omborxonaga yugurishadi. Omborxonaga kirish vaqtida ular arqoncha tagidan 
engashib, o‘rmalab o‘tish uchun harakat qiladilar. Sichqonlar omborxonada 
cho‘qqayib o‘tiradilar va qotgan non kemiradilar. Bir sichqon to‘satdan 
qo‘ng‘iroqqa tegib ketadi, birdan mushuk uyg‘onadi va sichqonlarni quvlab ketadi. 
Sichqonlar omborxonadan qochib chiqadilar va inlariga qarab qochadilar. Inlariga 
kirib yashirinib ulgurgan sichqonlarni mushuk tutmaydi, (mushuk sichqonlarni 
tutgan kabi harakat qiladi holos). Shundan so‘ng mushuk o‘z joyiga borib yotib 
oladi va xurrak ota boshlaydi. O‘yin besh-olti marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Arqoncha tagidan o‘tayotgan bola ipga tegib ketmaslik 
uchun harakat qiladi. Ko‘proq engashib o‘tishga harakat qiladi. Arqonchaga tegsa 
mushuk uyg‘onadi, shuning uchun bola juda ehtiyot bo‘lib engashib o‘tadi.
O‘YIN MAQSADI. Bolalarni juda ehtiyotkorlik bilan asta-sekin yurishga 
o‘rgatish. 


24 
Maymunchalar 
Tarbiyachi bolalarga bittadan yoki ikkitadan bo‘lib gimnastika devorchasiga 
yaqinlashib, yuzlarini unga o‘girib turish va undan uch-to‘rt pog‘ona ko‘tarilishni 
taklif 
qiladi. 
Bu 
bolalar 
maymunchalar 
bo‘ladilar. 
Boshqa 
bolalar 
maymunchalarning daraxtdan qanday qilib meva terishayotganliklarini o‘tirib yoki 
tik turib tomosha qiladilar. So‘ngra daraxtga boshqa maymunchalar chiqishadi. 
O‘yin hamma bolalar maymuncha bo‘lib daraxtga chiqib bo‘lganlarigacha davom 
etadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar narvonchadan qo‘rqmasdan chiqib tushishni 
o‘rganganlaridan keyin topshiriq murakkablashib boradi. Ya’ni gimnastika 
devorchasining bir tomonidan ikkinchi tomonga (bir shohdan ikkinchi shohga, bir 
daraxtdan ikkinchi daraxtga) o‘tish taklif qilinadi. O‘yinning mazmunini 
o‘zgartirish mumkin. “Kim ko‘p yong‘oq teradi”, “Ovchilar”, “Chumchuqlarni 
tutamiz” va hokazolar. Tarbiyachi o‘z navbatida ziyraklik bilan bolalar o‘yinini 
kuzatib boradi, harakatlarini tekshirib ehtiyot bo‘lishlarini aytib turadi.
O‘YIN MAQSADI. Bolalarda o‘rmalab chiqish malakasini o‘stirish va 
ularni qo‘rqmaslikka, chaqqonlikka o‘rgatish. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling