Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qushchalar inlarida
- Chivinni tut
Ariqdan sakrab o‘tish Polga yoki (erga) taxta tashlab qo‘yiladi (eni 25-30 sm., uzunligi 2-2,5 metr). Bu ariqchaning ko‘prigi bo‘ladi. Ariqchaning narigi qirg‘og‘ida lola qizg‘aldoqlar, bo‘tako‘zlar, boychechaklar va boshqa rang-barang gullar ochilib yotadi (gilam ustiga yoki toza еrga har-xil rangdagi lahtak qiyiqlari tashlab qo‘yiladi). Bolalar ariqning narigi qirg‘og‘iga o‘tadilar va gul teradilar (cho‘kkalab o‘tiradilar, engashadilar, gul terish harakatlarini bajaradilar), keyin uyga qaytib keladilar. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi bolalarning faqat ko‘prikdan o‘tishlarini kuzatib “Ariqdan suv tez oqadi, chuqur, ehtiyot bo‘lib o‘tinglar, oyoqlaringizni ho‘l qilmanglar”, - deb turadi. Bolalar ko‘prikdan o‘tish vaqtida juda ehtiyot bilan harakat qiladilar. Ikki parallel chizilgan chiziq yoki ikki ipcha ustidan taxtani ko‘prik sifatida qo‘yiladi. Bolalar shu taxta ustidan ehtiyot bo‘lib o‘tish harakatlarini o‘zlashtirib olishlari kerak. Qushchalar inlarida Ochiq havoda (xonada) maydonchaning bir tomonida bolalar uncha baland bo‘lmagan (15-20 sm.) predmetlar (taxta, kubik, brusok, stulcha, yashchik...) ustida o‘tiradilar. Tarbiyachining: “Tashqarida quyosh chiqib hamma joyni yoritmoqda, qani hamma chumchuqlar o‘z uylaringdan chiqinglar don, non, qurt va chuvalchanglarni, еmish narsalarni qidiringlar”, - deydi. Bolalar o‘z “inlaridan” 22 sakrab tushadilar (uchadilar, yugurib qanot qoqadilar – ikki qo‘llarini ikki tomonga qilib silkitadilar), o‘tirishadi, donlarni cho‘qishadi, qurtlarni barmoqlari bilan kovlab olishadi va hokazolar. Tarbiyachining: “Yomg‘ir yog‘di!. Hammaning uyga uchinglar”, - deyishi bilanoq hamma chumchuqlar inlariga yashirinadilar. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. O‘yinni o‘tkazishdan oldin, o‘yinda qatnashuvchi bolalar uchun еtarli darajada kubiklar, brusoklar, yashchiklar. Stulchalar tayyorlanadi. Ularni xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga oralarini keng qilib, bolalar o‘ynaganda bir-biriga halaqit bermaydigan darajadagi masofada joylashtiriladi. Tarbiyachi qanday sakrash kerakligini ko‘rsatadi, qaytib bola joyiga chiqib o‘tirishga yordamlashadi. O‘yinni takrorlashda tarbiyachi bir so‘z bilan “Quyosh” va “Yomg‘ir” deb signal beradi. Bolalar belgilangan signalga qarab to‘g‘ri harakat qilishni bilishlari kerak. Chivinni tut Bolalar uzatilgan qo‘lgacha keladigan masofada davra qurib turadilar. Tarbiyachi doiraning o‘rtasida turadi. Uning qo‘lida (uzunligi 1-1,5 m.) hivich bo‘lib, uning uchida qog‘ozdan yasalgan chivin ip bilan bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. Tarbiyachi ipni bolalarning boshlaridan sal yuqoriroqda aylantiradi. Chivin ustlaridan o‘tayotganda, bolalar uni ikki qo‘llab tutmoqchi bo‘lib sakraydilar. Chivinni tutgach bola: “Men chivinni tutdim”, - deydi. O‘yin yana davom etadi. KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi o‘yin vaqtida bolalar sakrab-sakrab doirani toraytirib qo‘ymasliklarini kuzatib boradi va zarur bo‘lganda tanbeh berib turadi. Tarbiyachi chivinni aylantirar ekan, uni dam tushirib, dam ko‘tarib aylantiradi. Bolalar harakat qilganlarida bir-birlarini itarmasliklari zarur. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling