Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
O‘z rangingni top
Tarbiyachi bolalarga uch – to‘rt xil rangdagi: qizil, ko‘k, sariq, oq, bayroqchalar tarqatadi. Bayroqchalari bir xil bo‘lgan bolalar xonaning turli burchaklarida oldindan tarbiyachi tomonidan belgilab qo‘yilgan o‘z bayroqchalari tagida to‘planadilar. Tarbiyachining: “O‘ynab kelinglar” – degan signali bo‘yicha bolalar hona (maydoncha)ning turli tomonlariga qarab tarqalib ketadilar. Tarbiyachi: “O‘z rangingni top”, - deyishi bilan bolalar tegishli rangdagi bayroq yonida to‘planadilar. Tarbiyachi qaysi guruh oldinroq to‘plaganini ta’kidlab o‘tadi. Shundan keyin o‘yin yana besh-olti marta takrorlanadi. KO‘RSATMALAR. O‘yin bir necha marta takrorlanib, bolalar uni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin tarbiyachi sayr vaqtida bolalarga to‘xtashni va ko‘zlarini yumishni taklif qilishi mumkin. O‘zi esa bu vaqtda xona burchaklarida turgan bayroqchalarni almashtirib qo‘yadi. Tramvay Bolalar juft – juft bo‘lib, qo‘l ushlashib, qatorda turadilar. Bo‘sh qo‘llari bilan uchlari bog‘lab qo‘yilgan chilvirni ushlab turadilar, ya’ni ayrim bolalar chilvirni o‘ng qo‘llari bilan, boshqalari esa, chap qo‘llari bilan ushlab turadilar. Bu tramvay bo‘ladi. Tarbiyachi xonadagi burchaklarning birida uch hil rangdagi: sariq, qizil, yashil bayroqchalarni ushlab turadi. Ular tarbiyachi (svetoforgacha) yugurib borgach, rang o‘zgarib qolmaganmikin, deb unga qaraydilar. Agar ilgaridek, yashil rang turgan bo‘lsa, tramvayning harakati davom etadi. Maboda qizil yoki sariq bayroq ko‘tarilgan bo‘lsa, ular to‘xtaydilar va yo‘lni davom ettirish mumkin bo‘lishi uchun yashil rang bayroq paydo bo‘lishini kutib turadilar. 18 KO‘RSATMALAR. O‘yin davomida bolalar ko‘cha harakati bilan tanishtiriladi. Agar o‘yinda qatnashayotgan bolalar uncha ko‘p bo‘lmasa, ularni juft-juft qilib emas, bir qatorga saflash mumkin. O‘yin mazmunini kengaytirish ham mumkin: yo‘lda tramvay to‘xtab, passajirlarni olishi mumkin: Passajirlar bekatda tramvay kelishini kutib turadilar. Tramvay bekatga yaqinlashganda yurishni sekinlashtiradi va to‘xtaydi. Ba’zi passajirlar chiqishi uchun bolalar chilvirni ko‘tarib turadilar. Chilvir oxiriga qo‘ng‘iroq bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. Safning ohirida turgan bola (konduktor) qo‘ng‘iroq chaladi, tramvay qo‘zg‘aladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling