Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Yelkaga tegizib irg‘itish
5
O‘yin uchun 100-150 gr. qum solingan xaltachalar olinadi. O‘yinchi 
belgilangan doira markazida turib, xaltachani qo‘l kafti bilan ushlagan va еlkasiga 
tegizganicha, gavdasini orqaga bilinar-bilinmas holda engashtirib butun kuchi 
bilan irg‘itadi. 
O‘YIN QOIDASI. Xaltacha tushgan joy belgilanadi. Kim xaltachani 
uzoqroq irg‘itsa shu yutgan hisoblanadi. Bolalarning belgilangan chiziqdan chiqib 
ketmasliklarini tarbiyachi kuzatib turadi.
BOShQA VARIANTI. O‘yinchi bolalarni ikki komandaga bo‘lib musobaqa 
uyushtirish mumkin. Bunday o‘yinda xaltachalar bolalar soniga to‘g‘ri bo‘lishi 
kerak. Tarbiyachi: “Bir, ikki, uch!” – deb komanda berganda bolalar xaltachalarini 
tashlaydilar. Ikkita doira: chizilgan bo‘lib, har bir komandadan ikkita bola 
qatnashishi (navbat bilan) xaltachani tashlashlari mumkin.
Chaqqon bug‘u ovchisi 
Maydonchada bug‘uning shakli (karton qog‘ozdan bug‘u yasaladi) qo‘yiladi. 
Bug‘u ovchilari qator (saf) bo‘lib, bug‘udan 3-4 metr uzoqlikda turishadi. Navbat 
bilan bolalar bug‘uga qarab to‘p (o‘q)ni otadilar. Har bir tekkan o‘q uchun bola 
(ovchi) bayroqcha oladi. Kim ko‘proq bayroq olaolsa, shu bola chaqqon ovchi 
bo‘ladi. 
5
Оситин ҳалқ ўйини «Детские подвижные игры…». 


29 
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi bug‘ining shaklini karton qog‘ozdan yasashi 
mumkin, yoki bug‘i o‘yinchog‘idan foydalanish kerak. Kaftga to‘g‘ri keladigan 
to‘p olinadi. To‘pni otish vaqtida, bola qo‘lini pastdan (doira shaklida) еlkadan sal 
ko‘targan holatda irg‘itadi. To‘pni irg‘itganda belgilangan chiziqdan chiqmasligi 
kerak. Tarbiyachi bolalarning o‘yin qoidasiga rioya qilishlarini kuzatib turadi.
 
Tevarak atrofni bilish o‘yinlari 
 
Toping-chi nima qichqirayapti 
Bolalar doira markaziga orqa o‘girib davra qurib turadilar. Tarbiyachi doira 
ichida bo‘ladi. U o‘yinga boshchi tayinlaydi. Boshchi ham doiraning o‘rtasiga turib 
oladi va qandaydir birorta uy hayvonlariga yoki qush ovoziga taqlid qilib 
qichqiradi. Shundan keyin hamma bolalar doira ichiga qarab o‘griladilar. 
Tarbiyachi kimni taklif qilsa, o‘sha bola hozir nima qichqirganligini topadi. 
So‘ngra yangi boshlovchi tayinlanadi. O‘yin 5-6 marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Agar bola bu ovoz qanday hayvon yoki qushga tegishli 
ekanligini topaolmasa, tarbiyachi unga yordamlashadi.
O‘YIN MAQSADI. Diqqat qilib tinglab turishni tarbiyalaydi. Eshitish 
organi bilan ovozlarni (tovushlarni) to‘g‘ri idrok qila bilishni (sezgi organlarini) 
o‘stiradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling