Harakatli o‘yinlar mazmuni yurib va yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar Yugurib keling oldimga


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana24.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1393763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 PDFsam 15 PDFsam MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Pahmoq kuchuk 
Bolalardan biri pahmoq kuchukni ifoda etadi. U polda boshini oldinga 
o‘tkazilgan qo‘llarini qo‘yib yotadi. Qolgan bolalar asta uning atrofiga to‘planishib 
shu iboralarni aytishadi: 
Pahmoq kuchuk yotadi, 
Qarang xurrak otadi. 
Bilib bo‘lmaydi aslo,
Uyg‘oqmi u, uhlar yo. 
 
 
 
 
Sekin kelib uyg‘otsak, 
 
 
 
 
Qiziq ish bo‘lsa kerak. 
 
 
 
 
Pahmoq kuchuk yotadi, 
 
 
 
 
Qarang xurrak otadi.
Bolalar kuchukni uyg‘ota boshlaydilar, uning tepasiga kelib engashib, otini 
aytadilar, chapak chaladilar, hurkitadilar. Kuchuk irg‘ib o‘rnidan turib ketadi va 
bolalarga qarab qattiq vovullaydi. Bolalar har tomonga qochib ketadilar. Kuchuk 
ularning ketidan quvalaydi, birortasini ushlab olishga harakat qiladi. Hamma 
bolalar har tomonga qochib, bekinib olganlaridan so‘ng, kuchuk yana еrga yotib 
oladi va uxlaydi. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Agar kuchukni tarbiyachi ifodalaydigan bo‘lsa, u stulda 
yoki skameykada o‘tiradi, “uxlaydi”. 
Poezd 
Bolalar bittadan (bir-birlarini ushlamasdan) qator bo‘lib turadilar. Birinchi 
bola parovoz bo‘ladi. Qolganlari esa vagonlar vazifasini bajarishadi. Tarbiyachi 
gudok beradi va poezd harakatga keladi. U dastlab sekin, keyin tezroq, yana tezroq 
va nihoyat juda tez yuradi, ya’ni bolalar yugurib ketadilar. “Poezd stansiyaga 
yaqinlashib qoladi”, - deydi tarbiyachi. Bolalar asta-sekin qadamlarini 
sekinlashtiradilar va poezd sekin to‘xtaydi. Bolalar o‘ynagani poezddan tushadilar: 
ular dala bo‘ylab tarqalib ketadilar, gullar, mevalar, qo‘ziqorin va boshqa narsalar 


19 
terib yuradilar. Gudokni eshitib ular yana qator bo‘ylab saflanadilar. Poezd 
harakati tiklanadi. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar dastlab istagan tartibda qator bo‘ylab turadilar, 
yil ohiriga kelib esa qatordagi o‘z o‘rinlarini eslab qolishga, o‘z vagonlarini 
topishga odatlanadilar. O‘yin mazmunini o‘zgartirish ham mumkin. Masalan, 
poezd daryo yonida to‘xtashi mumkin. Unda bolalar sayr qilishi, baliq tutishi va 
dam olishlarini ifodalashlarini aytadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling