Harbiy-akademik litsey o’quvchilarning tezlik sifatlarini oshirish X. E. Eshtemirov


Download 21.79 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1539249
1   2
Bog'liq
X.Eshtemirov - Tezlik

Ishning dolzarbligi: Hozirgi kunga kelib, yengil atletika nafaqat sport yoki umumta’lim maktablarida shuningdek, akademik litseylar, kasb - hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari hamda harbiy-akademik litseylarda ham yoshlarni har tomonlama sog‘lom, barkamol inson qilib tarbiyalashda o‘quv dasturlaridan o‘rin egallagan. Umumta’lim maktab o‘quvchilarining yengil atletika bo’yicha sport natijalarini tahlil qilinganda, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida yugurish turlarining natijalari juda past va qizlarda umumiy va maxsus chidamliligi yaxshi rivojlanmagani kuzatilgan. Bunda ta’lim muassasasidagi zarur shart-sharoitlar, dars vaqtlari va darsdan keyingi mashg’ulotlarning yaxshi emasligi muhim omillardan hisoblanadi. HAL da dars mashg’uloti vaqtlarining 80 daqiqa davom etishi, darsdan tashqari va ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarning kun tartibi asosida tashkil etilishi va sharoitlarning yetarli darajada tashkil etilganligini hisobga olsak, muammo faqat pedagog kadrlarga emas, o’quvchilarning shakllanib kelgan kun tartiblariga, atrof muhitiga ham tegishli bo’ladi. Ya’ni, o’quvchi o’z ustida ishlaydigan va ishlamaydigan turlarga bo’linganidek, ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga to’liq amal qilingandagina qo’yilgan maqsadga erishiladi. Bunda dars va darsdan keying mashg’ulotlarini yillik rejasini ishlab chiqishda, fasl hamda hafta kunlariga alohida e’tibor berish talab etiladi. Demak, HAL da yengil atletika sportini keng tatbiq qilishda yillik ish rejani to’g’ri tashkil etish asosiy muammolardan biri muammolardan biri hisoblanadi.
Ishning maqsadi: HAL da darsdan keyingi mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil qilish orqali umumiy chidamliligini oshirish. Chidamlilik yengil atletika turlarining ya’ni, o‘rta, uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurishda eng kerakli jismoniy sifat bo‘lib, qanday masofa bo‘lmasin sportchidan aynan shu sifatni talab qiladi, shuningdek, harbiy sohada kerakli bo’lgan eng kerakli jismoniy sifatlardan biri. Demak chidamlilik talab qiladigan masofalarda sportchilar musobaqalashganda qaysi bir sportchining chidamliligi yuqori darajada bo‘lsa, ushbu yuguruvchi har qanday holatda g‘olib chiqishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, mashg‘ulot jarayonlarini puxta rejalashtirish, hafta yakunida uzoq masofalarga kross yugurishlarni tashkil qilish, oy yakunida nazorat me’yorlarini qabul qilish orqali kerakli natijaga ya’ni, harbiy sohaga kerakli bo’li bo’lgan maxsus umumiy chidamlilikka erishish mumkin. Bunda yangi o’quvchilarga qo’shimcha yuklamalar berish bilan dam olishlarini nazorat qilish orqali natijalar yaxshilanadi. Shuningdek, uzoq masofaga yugurish texnikasi bo’yicha video yozuvlari asosida dastlabki mashg’ulot jarayonlarida tanishtirilsa, yugurish texnikasi haqida tushuntirilsa ortiqcha energiya sarflanishi, turli jarohatlarning oldining olinishiga erishiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Jismoniy tarbiya (darslik) – T.Usmonxo’jayev, J.Akramov, B.Yusupov: Toshkent -2008;

  2. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari – T.Usmonxo’jayev, R.Qudratov, X.Meyliyev, T.Rasulova, S.Qurbonov, M.Rahimov: Toshkent -2005;

  3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti – T.Usmonxo’jayev, O’.Tursunov: Toshkent -2004;

  4. Yengil atletika va uni o'qitish metodikasi – M.Abdullayev, M.Olimov, N.To'xtaboyev: Toshkent -2017;

  5. www.ziyonet.uz

  6. www.google.uz

  7. www.wikipediya.uz

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling