Harbiy instituti mustaqil ish
Download 290.95 Kb.
|
Mustaqil ish Harbiy kafedra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Podpolkovnik Abdujamilov Abduqodir Toshkent-2022 yil Reja: 1. Ma’naviyat tushunchasi. Madaniyat tushunchasi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI MUSTAQIL ISH Mavzu:Ma‘naviyat va ma‘rifat.Bilim olish hamda kasb-hunar egallash insoniylik sharti. Bajardi: AX-22 guruh komandiri Mannonov Asliddin Tekshirdi: Podpolkovnik Abdujamilov Abduqodir Toshkent-2022 yil Reja: 1. Ma’naviyat tushunchasi. Madaniyat tushunchasi. 2. Bilim olish. Kuch bilim va tafakkurda. 3. Kasb-hunar egallash. Ma’naviyat tushunchasi keng tushuncha bo’lib, u ma’rifat, madaniyat tushunchalarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Ma’rifat tushunchasi –arabcha”arafa” bilish, bilim, ma’lumot, tanish , tanishish ma’nolarini bildiradi. Ma’rifatli degani muayyan sohada ma’lumoti bor degani bo’lib, insonparvarlik ma’naviyati zaminndagina o’z mohiyatiga ega bo’ladi. Kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiyaga ham ma’rifat deb qaraladi. Ma’rifat atama sifatida tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini anglatadi. Kishilarni ma’rifatli va ularni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda ilohiyotning ta’siri beqiyos bo’lgan. Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Xakim Termiziy, Axmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband, Moturudiy kabi allomalar o’zlarining beqiyoz bilimlari bilan umuminsoniy madaniyatlarning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib kejgankar.Xakim Termiziy “Kitob bayan-al ilm” nomli risolasida ma’rifatni nur, yorug’likga qiyoslagan. Arab, xususan Markaziy Osiyodagi ilohiyot fanida “ma’rifat”, “ilm”, “amal”, “odob” tushunchalari o’zaro bog’liq tushunchalar hisoblangan. Ma’daniyat tushunchasi ham ma’rifat bikan chambarchas bog’liq bo’lib, u keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda ma’daniyat insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar yigindisidir. Tor ma’noda madaniyat tushunchasi jamiyatning ma’naviy hayotini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Madaniyat atamasi keng ma’noda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlar majmuini, biror ijtimoiy gurux yoki xalqning ma’lum davrda qo’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o’qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilikni hamda turmushning ma’rifatli kishi extiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi. Madaniyat so’zi, tushunchasi ham ma’rifat singari ma’naviyatni mukammallashtirishga xizmat qiluvchi va bir-birini to’diruvchi, boyituvchi, insonni komil inson bo’lib voyaga etishuvidagi asosiy shartlardan biridir. Millat ma’naviyat o’zi tarixiy shakllangan qiyofasiga ega , shu bilan birga, mohiyatan umumbashariy qadriyatlrga also zid emas, balki muvofiqdir. Har qanday jamiyatning o’ziga xos ma’naviy ehtiyojlari mavjud. Ular orasida bilimga bo’lgan ehtiyoj etakchi o’rinni egallaydi. Bilim kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilingan to’g’ri ma’lumotlari, ko’nikmasi insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni bajarish va boshqarish jarayonlarining zamonaviylashuvidir. Bilim olish – milliy guruxni shakllantirish yo’nalishlaridan biridir. Komil inson, uning olgan bilimi hayot yo’larida tayanch, yolg’iz damlarida yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarida rahnamo, qayg’uli damlarida madadkor bo’ladi. Bilim insonni aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, irodali, e’tiqodli qiladi. Komil insonni tarbiyalashning birdan-bir yo’li ana shu bilimda. Qur’oni Karimda “ilm” so’zi “alima” bilmoq fe’li negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda aytilgan. Hadisi sharifda: “ Kimki dunyoni xoxlasa, ilm olish, kimki oxiratni xoxlasa , ilm olish” deyiladi. Aslida, hadislar o’z mohiyatiga ko’ra Qurondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan man’ba, eng mo’tabar va bebaho hikmatlar majmuidir. Dinning asosini imon, e’tiqod tashkil etadi. Hadislarda dinnind ofati uchta deb ko’rsatiladi: 1) Beamal olish; 2) Zolim hokim 3) Bilmasdan fatfo aytuvchi ulamo. Ilm olijanob va savob ish. Hattoki ilm olish ibodat, taqvodan afzal. Chunki ilm dinning asosini, ustunini tashkil etadi. Ilm hikmat, ilm fazilat, ilm dinning rivojini, uning tarqalishini ta’minlaydi. Ilmni o’qish, takrorlash, yozish bilan mustahkamlash, chuqurlashtirish lozim. Ilm yangilanib turmasa, foydasiz. Ilmni yangilash, eng avvalo, uni quruq yodlash, takrorlash bilan emas. Sadoqat va etiqot qilishni taqozo etadi. Ilm hikmat kishini turli nopok ishlardan asraydi. «bir soat ilm o’rganish kechasi namoz o’qib chiqqanday afzaldir. Bir kun ilm o’rganish bir oy ro’za tutganday yaxshidir» deyiladi. «ilm ikki xildir, biri qalbda bo’ladi uni ilmi foydali deyiladi, ikkinchisi tilda bo’ladi- u odam bolasiga ollox tomonidan yuborilgan hujjatdir». Ilmli inson saodatli bo’lishi, kishilarga yaxshilikni o’gatishi kerak. Ilm bilimli, saodatli inson uchun fazilat bo’sa, bu hilatni boshqalarga singdirishi zarur. Hadislarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm bu ma’rifat, fazilat. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi,qotillik avj oladi. Islomda ilm fanni egallash , ma’rifatli bo’lish juda savob ish ekani qayta –qayta ta’kidlanadi.Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligi qayd qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Hadislarda “sadaqaning avzali mo’min kishi ilm o’rganib so’ng boshqa mo’minlarga ham o’rgatishdir”deyiladi. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Al-Beruniy, Ibn –Sino,Al-Buxoriy, At Termiziy, Abu Vazid Tayfur, Imom Fazzoliy, Maxmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Yusuv Hamadoniy, Xoji Abduxoliq G’ijdivoniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Bobir Mirzo, Alisher Navoiy, Bexbudiy, Munavvar Qori kabi ulug’ zotlar hayot tarsi, ilmuchun fidoyiligi, e’tiqodning pokligi bilan barchaga ibrat bo’lganligini bilib oilish mumkin. Insonni faqat adiba deb qaramaslik kerak, balki u avvalo ma’rifat, ilm hamdir. Islom tarixi shundan dalolat beradiki, Muxammad Payg’ambarimizgacha bo’lgan arablarda “joxiliya” davri deb atalgan. Farobiyning ta’kidlashicha,”joxiliya” nodonlik davri bo’lib, islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa va san’atni rivojlantirdi, o’ziga xos ma’rifat va ma’naviyatni yaratdi. Mustaqillik tufayli farzandlarimisni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda, Imom Buxoriy to’lagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti,Termiziy o’gitlari, Yassaviy hikmatlari, Imom Fazzoliyning din va dunyo haqidagi qarashlari, Yusuf Hamadoniy tasavvufi, Imom Moturudiyning hidoyat kalomi, G’ijdivoniyning ta’lim tarbiyaga oid o’gitlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo’ldik. Bilimdonlik- ma’naviy barkamollikga erishishning muhim shartlaridan biri. Bilim kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilingan to’g’ri ma’lumotlari,ko’nikma-insonning ilgarigi tajribalari, malaka muayyan yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati va boshqarish jarayonlarining zamonaviylashuvidir. “Ilm- dunyoning izzati”-degan edi Abdulla Avloniy,-ilm inson uchun g’oyat oily va muqaddas fazilatdir”. 1) Ilm afsaldir, chunki ilm insonni yorug’likka olib chiqadi,davlat esa zulmatga. 2) Ilm avzaldir, chunki ilmli kishining do’sti ko’payadi, davlatli kishining esa dushmani ko’p bo’ladi. 3) Ilm avzaldir,chunki ilmni qancha ishlatsa, ko’payaveradi, davlatni ishlatsa kamayadi va yo’qoladi. 4) Ilm avzaldir, chunki ilmni hech kim o’g’irlay olmaydi, davlatni esa o’g’irlaydi. 5) Ilm ko’pygan sari kishining qalbi nurlanib, jilolanib boradi. 6) Ilm ko’pysa ko’ngil hamisha xotirjam,davlat ko’paysa, tunu kun behalovat bo’lur. 7) Ilm qadimdan-Payg’ambarimiz salollohu alayhissalomdan meros. 8) Ilm ko’pysa u dunyoda javob berilmas, davlat ko’paysa hisob berilur. 9) Davlat ko’pyib ketsa, Fir’avnbek xudolikni da’vo qilur, ilm ko’paysa, yoig’iz Ollohu Taolodan qo’rqur. Hamma Ollohu Taoloni ilmga qarab taniydi. 10) Ilm riyozatga, davlat esa jaholat ,haromlikka olib boradi. Ilm hayot va turmushda orttirilgan tajribalarning amaliy va nazariy-umumiy natijasidir. Zukkolik, topqirlik, aql-zakovat, hozirjavoblik, donolik va donishmandlik, chechanlik kabi fazilatlar ilm idrokning kuchliligi bilan bevosita bog’liq. Ha aql chirog’I ilmdir. Muhammad alayhissalom aytadilar:”ilm ibodatdan avzal, ibodat fazilatidan ko’ra ilm fazilati menga sevimliroqdir”. Imom Fazzoliy (21-22 asr) aqlni ( va fikrni) asrash borasida ilm va ilm olishning ahamiyati katta deb, aqlning 4 ma’noda kelishini bayon etgan: a) aql insonni hayvonlardan ajratgan nafs bo’lib, inson aqli bilan nazariy ma’lumotlar va fikriy jarayonlarni o’rganish qobiliyatiga ega bo’ladi;b) aql, aqlini tanigan bolaning zotida vujudga kelgan “imkonsiz- zaruriy- mumkin” haqidagi ma’lumotlardir. Bir ikkidan kichikdir bir narsa, ayni paytda ikki joyda bo’lmaydi, kabi; v) tajriba bilan qo’ga kiritilgan ma’lumotlarga ham aql deyiladi; g) insonning kelajagini ko’rib, shunga ko’ra sabod bilan chora-tadbir ko’ra olishiga ham aql deyiladi. Farobiy ilmlarni inson o’zlashtirishi nuqtai nazaridan 3 darajaga taqsimlaydi: 1) Dastlabkisi bilimlar majmuisi bo’lib, har bir inson uchun o’z hayotini tartibga solishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan o’qish va yozish, hisoblash, lug’atshunoslik va gramatika, oldi-sotdi ilmi, tarix kabi eng muhim bilimlarni o’z ichga oladi. 2) Shariyat ilmi ( Qur’on va uning farslari, hadis ilmi, fiqh yani huquqshunoslik). 3) Eng yuqori bosqichda falsafiy bilimlar majmui turadi. Beruniy (973-1048 ) fikricha ilm-fan, shu jumladan uning tarixi inson uchun borliq haqida aniq va to’g’ri ma’lumot berishi bilan birga, uning ma’naviy qadriyatlari, ma’naviy dunyosi shakllanishiga, axliqiy barkamollikka, xususan yaxshilik va yomonlikni ajratishga qaratilgan muhim vosita va ma’naviy meros deb ta’riflanishi kerar. 4) Falsafaning nazariy va amaliy qismlari 3 ga bo’linadi. Tarbiya keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning 3 xil talqini mavjud:1) bolani boqib voyaga yetkazish;2) parvarish, qarov, tarbiyalab o’stirish; 3) kishining olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishga o’rganish. Tarbiya ta’limsiz oshrilmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, unung krtidan tarbia berishdir, yani ta’lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotga qo’llay olishni o’rganish. Ta’lim va tarbiya tushunchalari o’zaro uzviy big’liq. Chuqur bilim olgan va yaxshi tarbiya olgan komil insonni, kelajagimiz egasini voyaga etkazish uchun “ Ta’lim to’g’risida “ gi qonun va “ kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul qilingandan so’ng respublikamiz butun ta’lim tizimini tubdan o’zgartirdi. Dasturni 3 bosqichda amalga oshirish ko’zda tutildi. O’quvchilarni hunar olishga rag’batlantirish uchun turli vositalardan foydalanish zarur. Zero inson uchun eng muhim narsalardan biri – bu hunar egallamoqdir. Har kimning zari bo’masada, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir qiyinchilik chekmaydi. Kishi hunar ziynati bilan bezanmog’I kerak. Har bir davrda kasb-hunar juda ham ulug’langan. Xalq donishmandlaridan biri: “ Ey farzand, agar oqil va dono bo’lay desang, hunarmand bo’lishni o’yla. Hunarmandchilik sababidan izzat va hurmatga erishasan. Agar hunardan bebahra bo’lsang, quruq soyasiz daraxtga o’xshab qolasan “ degan edi. Ey farzand, “ aqlli, farosatli va ilmu hunarli kishilar bilan do’st bo’l, hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi. Mehnatdan ilmu hunar o’rganishdan uzoqlashma “ deydi. Hozirgi davrda kasb-hunae ulug’langan. Yer yuzida 500 mingdan ortiq kasb bo’lib, barchasi odamlar uchun xizmat qiladi. Yoshlar shu hunardan bir nechtasini o’rganib, el yurt oldida o’z kasbining ustasi bo’lsa, ularning rizqi butun bo’ladi. Ota –bobolarimiz “bir yugitga yetmish hunar oz “ deb bejiz aytmaganlar. Chunki hunarmandning el oldida obro’si baland, iqtisodi yaxshi. Usta Shirin Murodov, Mirvohid Ucmonov, Mo’min Sultonov rabi boshqa hunarmandlarni xalqimiz ardoqlaydi. Mustaqillikdan keyin yoshlarga kasb-hunar o’rgatish jiddiy masala sifatida kun tartibiga qo’yildi, chunki sho’ro davrida bu ishga panja ortidan qaraldi, rus bo’lmagan xalqlarning mentaliteti hisobga olinmadi. Natijada bolalarimiz hunarsiz qoldi. Bu nuqsonlarni yo’qotish maqsadida 1998 yil 24 fevralda O’zberiston Respublikasi Bmning “ Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarni tashkil etish va ularning faoliyati to’g’risi”dagi qarori, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” belgilangan vazifalarni ro’yobga chiqarish maqsadida qabul qilindi. Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, insoniylikning eng muhim shartlaridan biri bu- ma’naviy va ma’rifiy bilim olish, hamda kasb-hunar egallash bo’lib, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash, voyaga etkazish. Zero hozirgi vaqtda Respublikamiz yoshlari ta’lim-tarbitasiga nechog’lik ahamiyat berayotganliklarining boisi ham shunda ko’rinadi. Umuman ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning asosiy belgilaridan biri – savodxonlik ham ilm bo’lib, bular ma’naviy boyligimizning poydevori hisoblanadi. Hozirgi paytda O’zbekiston axolisining 99,06 foizi savodli. Kishilarga bilim berish jarayonining kechish qonuniyatlarini aniqlab beruvchi inson faoliyati turiga ma’naviyat ilmi ( didaktika) deyiladi. Ma’naviyat ilmi aniqlagan qonuniyatlar asosida ta’lim tarbiyani amalga oshirish va uslublarini yaratuvchi ilm-fan turiga uslubiyat ( metodika ) deyiladi. Ma’rifat ahli aniqlagan qonuniyatlar va shu qonuniyatlar asosida yaratilgan ta’lim hamda tarbiya berish usullarini ma’rifiy jarayonda qo’llash ma’rifat ilmi (pedagogika ) deyiladi. Bilim olish va uning avzalliklari haqida sharqda qadim-qadimdan fikrlar bildirilib kelingan. Har bir davrda bu fikrlar yangi-yangi qarash va g’oyalar bilan boyitib kelinmoqda. Chunki bilim ham falsafaning asosiy muammolaridan biri sanaladi. Zero bilim olish va o’z navbatida kasb egallash shaxs ma’naviyatini yuksaltiradi, jamiyatdagi o’rnini topishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Karimov I.A. O‗zbekiston XXI bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., 1997. 2.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. «Tafakkur» jur., 1998. 3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. T., Sharq, 1998. 4.Karimov I.A. Hushyorlikka da‘vat. T., «O‗zbekiston», 1999. 5.Karimov I.A. O‗zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T., «O‗zbekiston», 2000. Download 290.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling