Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Bu munosabat turlicha bo‘lishi mumkin
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Bu munosabat turlicha bo‘lishi mumkin:
- jamiyat bunday xodisani qoralashi mumkin; - jamiyatda suitsidga nisbatan loqayd-befarq munosabat bo‘lishi mumkin; - jamiyat qaysidir ma’noda suitsidni ma’qullashi mumkin. Suitsidni o‘rganish tarixi quyidagicha: Bunday hodisa juda ko‘p zamonlardan buyon olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Ba’zi bir kishilar nazarida o‘z-o‘zini o‘ldirishga aqli zaif kishilar qo‘l uradi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki suitsidga ruxiy jihatdan sog‘lom kishilar ham qo‘l urishar ekan. Bu ijtimoiy-psixologik hodisani ilmiy jihatdan sistemali o‘rganish XIX asrning oxirlaridan boshlangan: bir qancha olimlarning ushbu muammoga doir maqola va kitoblari nashr etildi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida ham bu muammoni o‘rganish ma’lum darajada davom ettirildi, ammo, bu o‘rganish suitsidning psixiatrik-medik-tibbiy sabablarini, jihatlarini o‘rganish bilangina cheklangan. 1970 yillarda ba’zi bir jonkuyar olimlarning sa’y-harakatlari bilan Moskva shahrida suitsidologik markaz tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin, ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil etdi. Qurolli Kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash sohasida ko‘p ishlar qilinayotganligiga qaramasdan harbiy xizmatchilar orasida o‘ziga, o‘z hayotiga qasd qilish holatlari ham yuz berib turibdi. Shuni e’tiborga olish kerakki, harbiy qismda amalga oshirilgan birgina suitsid hodisasi ham jamoadagi harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘ziga ishonchsizlik, pessimizm kayfiyatini tug‘diradi hamda jamoadagi axloqiy-psixologik muhitga, jangovar tayyorgarlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda xizmat vaqtida dunyodan ko‘z yumayotgan harbiy xizmatchilar sonining 25 foizini suitsid orqali o‘z-o‘zini o‘ldirayotganlar tashkil etadi. Hatto ofitserlar o‘rtasida ham o‘zining hayotiga suiqasd qilish holatlari oshib borayapti. Suitsid hodisalarining faqat 10 foizigina ruhiy jihatdan bemor kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan 90 foizi esa boshqa turdagi kasallar va sog‘lom kishilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, o‘z-o‘zini o‘ldirgan yoki o‘ldirishga intilgan harbiy xizmatchilarning mutlaq ko‘pchiligini butunlay sog‘lom kishilar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bunday kishilardagi suitsid hodisalarining sabablarini o‘rganish ancha qiyiichilik tug‘diradi. Sog‘lom kishilarni suitsidga olib keluvchi sabablar qo‘lami nihoyatda keng bo‘lib, ular asosan psixologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. O‘z-o‘zini o‘ldirish muammosini hal qilishning murakkabligi yana shunday bir omil bilan bog‘liqki, bunday hodisaning o‘ziga xos belgilari bo‘lmaydi yoki bo‘lsa ham nihoyatda o‘zgaruvchan va yashirin bo‘ladi. Hayotda o‘zini-o‘zi birdaniga o‘ldirib qo‘yadigan kishilar, bunga sabab bo‘ladigan holatlar, shuningdek, insonni suitsidga olib keladigan psixopotologik buzilishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham suitsidal fikrlarni aytgan yoki shunday harakatlarni sodir etgan harbiy xizmatchilar psixiatr ko‘rigiga yuborilishlari lozim. Professor A.Ambrumova o‘zini-o‘zi o‘ldirishni ijtimoiy (qisman tibbiy) muammo sifatida hisoblab, unga quyidagicha ta’rif bergan edi: suitsid – bu shaxsning ijtimoiy va psixologik jihatdan o‘zi boshidan kechirayotgan mikro ijtimoiy kelishmovchiliklarga moslasha olmasligi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling