Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Ruhiy bemor va sog‘lom shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
25.Ruhiy bemor va sog‘lom shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar.
Ruhiy bemor shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar. Ruhiy bemor kishilarda suitsid hodisalari ko‘proq depressiyalar vaqtida yuz beradi. Ammo, shuni aytib o‘tish kerakki, ruhiy kasallik belgilari va suitsid hodisasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jami suitsid hodisalarining bor-yo‘g‘i 10% foizigina ruhiy kasallar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday kishilar tomonidan sodir etiladigan suitsid xulq-atvorlarning aksariyati depressiya-ruhiy tushkunlik vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Bu kuproq kasallarning statsionarlardan davolanib chiqqan vaqtlarida sodir bo‘ladi. Ruhan sog‘lom kishilardagi suitsidal xulq-atvorlar: Sog‘lom kishilar o‘rtasida emotsional zo‘riqishga uchragan shaxslar ko‘proq suitsidga moyil bo‘ladilar. Bunda, asosan muammoli vaziyatlar katta rol o‘ynaydi. Sog‘lom kishilarda suitsid xulq-atvorning paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: - emotsional zo‘riqishlarga nisbatan chidamlilikning pasayishi; - intellekt (aql)ning o‘ziga xosligi (maksimalizm, dunyoqarashning torligi va hokazo); - kommunikatsiya tizimlaridagi kamchiliklar; - o‘z imkoniyatlarini noto‘g‘ri baholash; - psixologik himoyaning zaifligi; - hayotdan lazzatlanish (hayot ne’matlaridan) hissining pasayishi yoki butunlay yo‘qolishi va hokazo. Suitsidni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar quyidagilar: - atrofdagilarga emotsional bog‘liqlik; - ota-onalik majburiyatlari; - burch va majburiyatlarni yuksak darajada his qilish; - o‘z salomatligi haqida doimiy g‘amxo‘rlik; - jamoatchilik fikri bilan hisoblashish; - uyat hissining kuchli bo‘lishi; - o‘z-o‘ziga suiqasd qilishni og‘ir gunoh deb bilish; - hayotda ijodiy rejalarning mavjudligi; - o‘zida hali ishga solinmagan imkoniyatlarning mavjudligiga ishonish. Muammoli vaziyatdan suitsidga o‘tish quyidagi ikkita omilga bog‘liq bo‘ladi: - ushbu muammoni hal qilish imkoniyatlarini juda kam yoki yo‘q, deb hisoblash; - muammoni hal qilishning mavjud variantlari hech qanday natija bermaydi, deb hisoblash. Shuni aytib o‘tish kerakki, askar hali o‘z-o‘zini o‘ldirishdek dahshatli fikrga kelishidan oldin o‘z atrofidagi xizmatdoshlaridan yupanch, taskin, madad va uni tushunish, qo‘llab-quvvatlash kabilarni kutadi. Bu kutilgan narsalar bo‘lmagandan keyin esa u boshqalardan ajralib, suitsidga tayyorlanadi. Ushbu vaziyat suitsidning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Ammo, ushbu soatlarda harbiy xizmatchidagi bunday o‘zgarishlarga hech kim e’tibor bermaydi. Suitsidga moyil harbiy xizmatchilarga yordam ikki xil shaklda olib borilishi mumkin: - ularni psixologik jihatdan chiniqtirish; - ularga ushbu vaziyatdan chiqib olish uchun psixologiq yordamni tashkil etish. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling