Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet31/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Askar shaxsining yo‘nalishi quyidagilar asosida shakllantiriladi:
- harbiy xizmatning maqsadi, vazifalari va ahamiyatini tushuntirish;
- mustaqillikka bo‘lgan e’tiqodni shakllantirish;
- askarni ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, siyosiy faoliyatga jalb qilish;
- askarlarning hayotini harbiy Nizom talablari asosida tashkil qilish;
- ma’naviy va aqliy ehtiyojlarni qondirish uchun sharoit yaratish;
- o‘zini-o‘zi o‘qitish va o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonini faollashtirish.
Agar insonning yo‘nalishi aniq bo‘lsa, uning xatti-harakatlarini bashorat qilish oson bo‘ladi. Shaxs yo‘nalishining paydo bo‘lishi ehtiyojlar bilan bog‘liq. Insonning ehtiyojlari uning hayoti davomida shakllanadi. Har bir odam jamiyatning a’zosi hisoblanar ekan, unda ma’lum bir mavqeni egallaydi. Bu esa undagi ehtiyojlar mazmunini belgilaydi. Inson hayotida moddiy ehtiyojlarga qaraganda ma’naviy ehtiyojlar yetakchi o‘rinda turadi. Unga birinchi o‘rinda atrof-muhitni bilishga bo‘lgan extiyojlar, faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlar, mulokotga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi.
Shubhasiz, ehtiyojlar inson hayotida katta rol o‘ynaydi. Lekin, shuni aytib o‘tish kerakki, ularning o‘zigina insondagi yo‘nalishni belgilamaydi. Inson ehtiyojlari asosida uning faoliyat motivlari paydo bo‘ladi.
Motiv – bu shunday kuchki, u insonni maqsad sari undaydi. Har bir motivda turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qo‘shilib ketadi hamda ushbu ko‘plab ehtiyojlarning birontasi unda ustunlik qiladi. Insonni harakatga undaydigan motivlar shakli va mazmuniga ko‘ra turli-tuman bo‘ladilar.
Shakliga ko‘ra:
- yuksak rivojlangan;
- murakkab;
- oddiy.
Motivlar umum e’tirof etilgan axloq me’yorlari nuqtai nazaridan ijobiy, betaraf va salbiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
Istak – motivning eng sodda shakli hisoblanadi. U hali inson o‘z ehtiyojini anglab yetmagan vaqtda paydo bo‘ladi va stixiyali harakat qiladi.
Motivlarning bu shakli ko‘proq yangi kelgan askarlarda paydo bo‘ladi, chunki ular hali o‘zlarini yetarlicha o‘rganib yetmagan bo‘ladilar. Istak shaklidagi xulq-atvor motivatsiyasi ko‘p hollarda qoidabuzarlikka sabab bo‘ladi.
Masalan, har bir insonda jamoada o‘z o‘rnini egallashga, hurmat qozonishga nisbatan ehtiyoj mavjud. Agar, u ushbu ehtiyojni anglamasa, uni noto‘g‘ri yo‘l bilan qondirishga harakat qiladi: janjallashadi, qo‘pollik qiladi. Faqat to‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy ishlargina askarlarga motivlarning bunday shaklidan qutulishlariga yordam beradi.
Istak ko‘proq insonning moddiy ehtiyojlari bilan bog‘langan. Ma’naviy ehtiyojlar xarakteriga ko‘proq motivlarning murakkab shakli mos keladi.
Qiziqishlar – bu insonning tanlab, u yoki bu hodisaga, buyumga, faoliyatga nisbatan bilish maqsadidagi munosabati. Qiziqishlarning mavjudligi yaxshi o‘qish va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun tayanch hisoblanadi. Qiziqishlarda birinchi o‘rinda insonning bilishga nisbatan ehtiyojlari namoyon bo‘ladi. Ammo, qiziqish nobarqaror motiv hisoblanib, tez-tez o‘zgarib turadi.
Qiziqish vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi yoki moyillikka – doimiy qiziqishga aylanishi mumkin. Qiziqishning moyillikka aylanishi ko‘p jihatdan ofitserga va tarbiyaviy ishlarning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq.
Insonning xulq-atvori va faoliyatiga undagi qiziqish hamda moyilliklarning ta’sirini quyidagi holatdan ham bilsa bo‘ladi.
Bir qator harbiy bilim yurtlarida kursantlardagi qiziqish va moyilliklarning keyingi xizmat faoliyatlariga hamda fanlarni o‘zlashtirishlariga ta’siri o‘rganilgan. Kursantlar orasidan bilim yurtiga harbiy faoliyatga qiziqishlari ta’sirida kelganlari ajratilib olingan. Bu ish anketa va so‘rovnomalar yordamida amalga oshirilgan. O‘qishning birinchi yilida bu kursantlar yuqori natijalarga erishganlar. Lekin 2-, 3- va 4-bosqichlarda bu toifadagi ko‘plab kursantlarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasayib ketgan.
Ikkinchi guruhga esa o‘zlaridagi moyilliklar ta’sirida bilim yurtiga kelgan kursantlar olingan. Ungacha muddatli harbiy xizmatni o‘tagan kursantlar birinchi o‘quv yilida fanlarni o‘zlashtirishda unchalik yuqori natijalarni ko‘rsatishmadi. Lekin, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab ulardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari barqarorlashdi.
Inson xulq-atvorining eng kuchli, murakkab va yuksak motivi e’tiqod hisoblanadi. E’tiqod yetarlicha yuksak bo‘lganda boshqa jami motivlar unga ergashadi, buysunadi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling