Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
30. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi.
Bizga ma’lumki bugungi kunda O‘zbekistonda harbiylarni ma’naviy-ma’rifiy muammosi davlat siyosatida va Harbiy Mudofaa Vazirlikning markaz diqqatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Tarbiya-yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida hartomonlama o‘stirish, uning mustaqil ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Mamlakatimiz mustaqil bo‘lgandan buyon 30 yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar va yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik: «Sog‘lom avlod uchun», «Umid», «Iste’dod», «Oltin meros», «Ulug‘bek» jamg‘armalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining tashkil etilishi, yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan etuq qilib tarbiyalash, iqtidorli harbiylarni tanlash, rag‘batlantirish bugungi kunda kamolga yotayotgan ana shu kuchlarni hartomonlama tarbiya topishiga bog‘liq. Olib borilayotgan bu ishlar bilan bir qatorda 1998 yil 23 fevralda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlarida intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovni farmoni ham katta ahamiyatga egadir. Mazkur farmoni bajarilishini ta’minlash maqsadida xalq ta’lim vazirliklari va milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari qo‘mitasi maxsus komissiya tuzilib bajarilishini zimmalariga olgan edilar. Shu qatorda ushbu fikrlari biz, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotganlarga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki insonning iymon-e’tiqodi, uning irodasi, eng avvalo, bizning ularga qanday e’tibor berishimizga, qanday tarbiya usullaridan foydalanishimizga bog‘liq. Inson dunyoga kelgach, oila-uning birinchi tarbiya o‘chog‘i, ota-ona esa-eng birinchi tarbiyachilari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun har bir ota-ona tarbiya jarayonidan o‘zi xabardor bo‘lishi kerak. Oilalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lishi, ularning ma’naviyati darajasini bilishi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan, ayollarni sog‘lig‘idan doimo boxabar bo‘lish bu eng avvalo xotin-qizlar qo‘mitalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar tashkilotlarining asosiy vazifalaridir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarini shakllantirishning muhim omilidir. Oila bola tarbiya oladigan eng birinchi jamoa bo‘lib, bola unda axloqiy qoidalar, urf-odatlarni bilib oladi, dastlabki axloqiy-hayotiy tajriba ortiradi. Har bir bola ona qo‘lida tarbiyalanadi va ona allasi bilan birga bola qalbiga ona muhabbati singadi, onaning erkalatishlari bir umr yodda qoladi, bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar hosil qiladi. Ko‘p ota-onalarimiz mana shu davrda bolani tarbiyasida ojizlik qiladi. bolaga odob-axloq, hayot va ro‘zg‘or tajribasidan o‘rgatilmaydi. Shu vaqtda ota-onalarga ko‘rsatmalar berish zarurati paydo bo‘ladi. Ana shu darajagacha, bolalarga nisbatan ota-onani qilgan g‘amxo‘rligini qur’oni Karimda nazarga olib birinchi navbatda ota-ona haqida yaxshi sifatlarini kirgizgan. «Isro» surasining 23-24 oyatlarida ota-onaga yaxshilik, Olloh Taolloga ibodat qilishdan keyin ikkinchi vazifa sifatida ta’kidlanadi. Ota-ona qanday inson bo‘lishidan qat’iy nazar, farzand ularga nisbatan hurmat qilishi, so‘zlarini qaytarmasligini ta’kidlanadi. Mazkur oyatlarda eng oliy insoniy muomala qoidalari sifatida qo‘yidagilar belgilanadi: Ota-onaning xatti-harakati farzandga malol kelmasligi. Ota-ona bilan gaplashganda ularga og‘ir botadigon so‘zlar aytmaslik. Ota-onaga ehtirom bajo keltirish. Ota-onaga rahm-shafqat qilish. Ularning haqiga duo qilish. Imom Ismoil Al-Buxoriy asarlarida axloq, odob haqida so‘z yuritib bolani ota-onaga hurmatda bo‘lishiga, onani e’zozlashiga, mehr-oqibatli, pok va iymonli bo‘lishga da’vat etadi. Yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlaydi. Odam uchun eng og‘ir gunoh, bu Ollohga shiyrk keltirish, farzandning ota-onaga oq bo‘lishidir. Tarbiyaning samaradorligin ko‘pincha oila va jamoaning bolaga nisbatan bir xil talab qo‘ya bilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham pedagogik axloqda tarbiyachi bilan ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, muomalasiga katta e’tibor beriladi. Ijtimoiy-foydali mehnat, o‘yin va o‘qish faoliyati, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish harbiylarning hayotida katta ahamiyatga ega. Harbiylarda mehrubonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada orttiradi, bu ayni chog‘da o‘quvchilarda o‘z ustoziga nisbatan hurmat, ishonch va mehrubonlik o‘yg‘otadi. Odatda yoshlar ustozga nisbatan mehribon, g‘amxo‘r va hurmat-izzat qiladigan bo‘ladilar. Agar ustoz o‘z shogirdini kuchiga va imkoniyatiga ishonch bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar. Harbiylarning rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o‘zgarib boradi, ularni yoshi o‘lg‘aygan sari tarbiya talablari ham o‘zgarib boradi. Tarbiyada ularni yoshini nazarga olgandan tashqari ko‘proq xususiyatlarini ham nazarga olish kerak. Tarbiya ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri amal qiladi. Abu Lays Samarqandiy «Bo‘ston-ul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: «Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga etadi»-degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi: «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avval o‘zing amal qil»-deydi alloma. Ma’lumki, o‘tmishda kishilar tarbiya jarayoni faoliyatida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga davrma-davr ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam bergan. Urfiyatimizda ajoyib maqol yoki g‘oya bor: «Bu beshkunlik dunyo o‘tib ketadi». Pedagoglarimizni ko‘rsatishicha bu «beshkunlik dunyo» quyidagilardan iborat: Go‘daklik; Bolalik; O‘smirlik; Hayot va mehnat to‘la ishtirok etuvchilar (kamolot); Keksalik davrlarni nazarda tutgan. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslanib berganlar. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk», Yusuf Xos Hojibning «Kutadg‘u Bilik», Ahmad Yuknagiyning «Hibatul-haqoiq», Abu Rayxon Beruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning «Tadbir-ul-manzil», Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Mo‘hsiniy» va boshqa asarlarida farzand ota-onaning baxti, uning to‘g‘ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti degan umumiy xulosa chiqariladi. O‘tmishdagi mutafakkirlar tarbiya atakasining ma’nosin, tarbiyalashning mazmunini alohida bayon qilmagan bo‘lsalar ham o‘z asarlarida tarbiyaning qirralarini ifodalanganar. Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asarida tarbiyaning kuchi va sharofatini quyidagicha ta’riflaydi: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling