Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Hozirgi sharoitda o‘smir va harbiylar tarbiyasini dolzarbligi


Download 384.22 Kb.
bet37/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

31. Hozirgi sharoitda o‘smir va harbiylar tarbiyasini dolzarbligi.
Bizni fikrimizga, avvalambor, ularda Vatanni sevish, miliiy qadriyatlari­mizga Vatanimizga boy va buyuk tarixiga cheksiz hurmat va bu bilan faxrlanish, xalqimizga xos bo‘lgan oilani muqaddas deb bilish, o‘zidan kattalarga nisbatan hurmat, kichkinalarga mehr va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish kerak. Vatanparvarlik tarbiyasi milliy mafkuraning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, ofitserlarni ana shu ruhda tarbiyalash masalasi harbiy tarbiyani asosiy vazifalaridan biridir. Umumxalq umummilliy vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo‘lagi-bu harbiy vatanparvarlikdir.
Harbiy tarbiyada el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini tarbiyalab borish, milliy urf-odatlarimiz, rasm-rusumlarimiz, tuyg‘ularning harbiylarni ongiga singdirishdan iborat. Xalqning tarixi xotirasini tiklash evaziga uning milliy g‘ururi va oriyatini o‘yg‘otish milliy o‘zlikni anglashning eng sinalgan va tajribadan o‘tgan usullardan biridir.
Harbiylarning salomlashish tarzini tarbiyalash ham o‘ziga xos bir muammo hisoblanadi. Salomlar haqida gapirganda, albatta, ularning o‘ziga xos xatti-harakatlar bilan birga ijro etishni unutmaslik lozim. Evropa hukmdorlarning saroylarida har bir tabaqa xos salomlashining udumlari «seremonistlar» tomonidan maxsus ishlab chiqilgan.
Biz ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’nu-sharafini qanday himoya qilishni, ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himosiga hamisha tayyor turmog‘imiz zarur.
Ulug‘ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo‘lib kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg‘usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga, aqidaga aylansin.
Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi milliy qahramon, buyuk inson, vatanparvar Jaloliddin Manguberdi va chingizxon o‘rtasidagi jang shunday ayovsiz bo‘lgandiki, Ibn al-asir aytishicha, boshqa janglar uning oldida bolalar o‘yini deyish mumkin edi.
Harbiylarni burchga sadoqat ruhida tarbiyalash vosita va usullari o‘ziga xos bo‘lishi tabiiydir. Harbiy bilim yurtida kursantlar, tinglovchilar, shuningdek, yosh ofitserlar xizmat vazifalarini mukammal o‘zlashtirishlarida, vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalanish jamoatchilik vositalari haqida so‘z yuritishimiz lozim.
Xullas, bizni Chirchiq tankchi qo‘mondon-muhandislik oliy bilim yurtida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga doir har xil tarbiyaviy tadbirlar olib borilmoqda.
Tarbiyaviy ishlarda yoshlarning e’tibori xalqimizning mardonavor o‘tmishiga, o‘zbek xalqimizning milliy urf-odatlariga, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasiga, uning ko‘p asrlik madaniyatiga, milliy an’analarimizni tashviqot qilishga qaratilgan. Bilim yurtda qurolli Kuchlar, ichki qarovul qo‘shinlar muntazam ravishda taklif qilib harbiylarga o‘z faoliyatlari haqida suhbatlar tashkil qilib, maslahatlar beradilar.
Harbiy tarbiyani har bir muhim yo‘nalishlaridan biri-bu shaxsiy tarkibni O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti, fan, madaniyat va ijtimoiy sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirib borishdan iborat.
Harbiy tarbiyani yana muhim bir sohasi-bu harbiy an’analarni harbiy sohada davom ettirish.
Xullas, umumiy qilib aytganda harbiy qo‘mondonda bo‘lajak zobitlarni tayyorlashda ularni Vatanga, tanlangan kasbiga muhabbat, xalq tinchlgi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida kuch-g‘ayratni ayamaslik hissini shakllan­tirishda bilim yurti qo‘mondonligi, professor o‘qituvchilar tarkibi, komandir, fariylar, ota-onalar hamkorligida katta chora-tadbirlar olib borish qadar harbiy tarbiyani hartomonlama oliy darajaga qo‘yishimiz mumkin.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling