Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet45/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantirish.

Axloqiy tarbiyaning mazmuni qo‘yidagi axloqiy munosabatlarni tarkib toptirishni o‘z ichiga oladi:
-jamiyatga munosabat;
-mehnatga munosabat;
-Vatanga munosabat;
-atrofdagi insonlarga munosabat;
-o‘ziga munosabat.
Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim bir jarayoni hisoblanadi.
Farobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va etuq yakuni deb biladi. Shunga ko‘ra, u o‘z asarlarida insonlarga ta’lim-tarbiya berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o‘rinni egallashini qayd qiladi.
Ta’lim-tarbiyada tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo‘lda boshqa kishilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, jamiyatning ichki tartib-qoidalarini to‘g‘ri o‘rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish zarurligini ta’kidlaydi.
Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomonga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya uning fikricha, insonni, aqliy tomonidan ham, axloqiy tomonidan ham etuk mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog‘i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan-bir vazifasi jamiyat talablariga to‘la-to‘kiz javob bera oladigan va uni butunlikcha tinchlikka, farovonlikka saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir.
Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida o‘z hayoti va faoliyati faqat jamoada oshishi hamda rivoj topishi mumkinligini qayd qiladi. Inson uni o‘rab olgan tabiat va tabiiy hodisalardan tashqaridagi narsalarga muhtojlik sezadiki, bu narsalarni faqat mehnat qilish bilan yaratadi, lekin bu narsalarni faqatgina o‘z mehnati bilan amalga oshirolmaydi. Ularni yaratish uchun boshqalar ham ishtirok etishi kerak, yoki jamoa yordam berishi lozim. Buning uchun jamoa a’zolari o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu munosabat esa til, ma’noli ovozlar orqali yuzaga keladi.
Yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha yaxshi odat, yaxshi xulq va yomon xulq, axloq haqidagi tushuncha bilmilar insonda shu asosida shakllanib boradi.
Ofitser xulqning mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, bundan ikki manfaat bor: biri-ofitserning ruhi uchun bo‘lib, avvaldan yaxshi xulqli bo‘lib o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi; ikkinchisi-uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi. Shuningdek, xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqarish, masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino o‘gitlari:
Abu Ali Ibn Sino ta’limotida ilm va axloq o‘yg‘unligi masalasi alohida o‘rin tutadi. Uning risolalarida bu borada muhim fikr va g‘oyalar ilgari surilgan. Bu muammo olimning kam o‘rganilgan «Tadbir manzil» risolasida ko‘proq tahlil etilgan. Ibn Sinoning ta’lim berishicha ilm va axloqiy fazilatlar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Olloh inson vujudi, ichki olamni o‘z nuri bilan munavvar qilgan. Shuning uchun inson ilm va axloqiy fazilatlar sohibi bo‘lish imkoniga ega.
Harbiy xizmatchilarni esa qo‘yidagi intizom normalariga ko‘niktirish kerak:

  • qabul qilingan intizom qoidalariga o‘qitishda, mehnatda, bo‘sh vaqtlarida rioya qilishga ehtiyoj sezish;

  • O‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z xulqini idora qilish;

  • Jamoatda tartib buzayotgan, intizomsizlik qilyotgan xizmatchilarga qarshi faol kurashish.

Qismlarda axloqiy tarbiya berishda xilma-xil uslublar qo‘llaniladi:

    • Axloqiy tarbiya o‘qitish jarayoni bilan qo‘shib olib boriladi, buyuk nemis pedagogi A.V. Disterveg aytganidek, «yaxshi o‘qitish bilan o‘qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham».

    • Axloqiy tarbiya jarayonining muvafaqqiyatli xizmatchilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq. Buning uchun jamoa ahil va inoq, intizomli bo‘lishi kerak.

    • Tarbiyaviy ishlarning rejali bo‘lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvafaqqiyatlarini ta’minlaydi.

    • Ijobiy emotsional sharoit yaratish axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta’sir etadi, masalan, Respublikamiz mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami va hokazolar.

    • Barcha harbiy xizmatchilarning umumiy va yagona tartib-qoidaga rioya qilishga erishish.

    • Axloqiy tarbiyada ongini, tushunchalarini shakllantirishda ularni o‘qitish, tushuntirish, suhbat, munozara, ma’ruza, rag‘batlantirish, jazolash uslublaridan foydalanish.

    • Tarbiyaviy soatlar darslarini saviyasini oshirish.

    • Mehnat ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat va urish faxriylari, iymonli qariyalar, hojilar bilan xizmatchilar uchrashuvlarini uyushtirib borish.

    • Harbiy xizmatchilar bilan turli-tuman tadbirlar, adabiy kechalar, bayram, olimpiada, festival, musobaqalar o‘tkazish, kino, teatr, televideniya ko‘rsatuvlaridan, jumladan, «Vatanimga xizmat qilaman», «Mardu-maydon», «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni», «Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi», «Ma’rifatnoma», eshittirishlaridan foydalanish, yangi tashkil etilgan ma’naviy va ma’rifat markazi tavsiyalaridan samarali yo‘l bilan foydalanish.

    • Xizmat jarayonida va xizmatdan tashqari mashg‘ulotlarda Sharq qadriyatlari va milliy an’analar aks ettirgan «qur’oni Karim», «Hadis», «Xatnoma», «Odobnoma», «Xikmatnoma», «Bozornoma», Kaykrvusning «qobus­noma», Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ibn Sinoning «Donishnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo‘ston», navoiyning «Maxbub-ul-qulub», Boburning «Boburnoma», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yo xud axloq», shuningdek, Hamza, Fitrat, M. Ismoiliy, X. To‘xtaboev asarlarini o‘qib o‘rganish lozim.




Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling