Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet43/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

33. Axloqiy tarbiya bu….
Tarbiyaning asosiy mazmuni va vazifalariga qaraganda harbiylarni tarbiyalashda ularni axloqiy tarbiyasi hamma vaqt asosiy vazifalardan biri bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining barchasi harbiylarni barkamol inson qilib shakllanti­rish­­­­­­ga yo‘naltirilgan. Ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi, demokratikligi, tarbiyalanuvchilar, ta’lim oluvchilarni hurmatlash O‘zbekiston ta’lim-tarbiya tizimida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Harbiylarni axloqiy sifatlari kasbiy-ma’naviy fazilat bo‘lib, oliy qo‘mondonda amalga oshiriladigan pedagogik jarayonida shakllanadi. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlik bilan tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari: aqliy, mehnat, axloqiy, huquqiy, jismoniy, ekologik va nafosat tarbiyasi uzviy ravishda bog‘langan holda o‘sib rivojlanadi. Axloqiy tarbiya harbiylarni va yoshlarni axloqiy jihatdan rivojlanishiga olib kelishi va unga turtki bo‘lishi lozim.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarni bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, Vatanga, ona-yurtga bo‘lgan munosabatlarni muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi.
Axloq-bu jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o‘z-o‘zlariga munosabatdagi xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablar, me’yorlar va qoidalarning yig‘indisi.
Insonni ma’naviy jihatdan guzal qilayotgan odamiylik va mehnatsevarlik kabi sifatlar orasida axloq sharti yana muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy tuzimning o‘z mafkurasini, kurash va intilishini aks ettiradigan axloqi bo‘ladi. Shuning uchun axloqni jamiyat oynasi deb atash mumkin.
Bizni jamiyatimizda axloq butunlay boshqa jamiyatga nisbatan boshqacha asosga qaratilib tashkil qilingan. Demokratik jamiyatni quruvchisi jamiyat baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish, ijtimoiy burchni yuksak darajada anglashi, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik kerak, deb ta’kidlangan. Zamondoshlarimiz, bir yoqdan, fidokorona mehnatlari bilan har bir jamiyat a’zosining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatsalar, ikkinchi yoqdan, tahsinkor axloqlari bilan shaxsning ma’naviy guzalligini namoyish qilmoqdalar. Ayni zamonda mehnat va ijod maydonining eng og‘ir sohalarida jonbozlik, vatanparvarlik, odamiylik fazilatini ko‘rsatib jamiyat hurmati va muhabbatining qaynoq ilhom manbai bo‘lib qolmoqdalar.
Axloqiy tarbiya faol jarayon bo‘lishi bilan birga u juda murakkab va yaxlit hodisadir. Harbiy o‘quv yurtlarida axloqiy tarbiya jarayoni yoshlarga, zobitlarga axloqqa doir bilimlar berish, ularga zobitlarni odoblarining tushuncha va qoidalarini o‘rgatish pedagogik axloqiy e’tiqod, axloqiy hislar, ehtiyojlar va tarbiyachiga xos axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xulq-odobga o‘rgatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Harbiy bilim yurtlarida beriladigan axloqiy tarbiya harbiylarning m’naviy jihatdan rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Axloqiy rivojlanishning mohiyatini uning tarkibiy qismlarni aniqlab chiqqan taqdirdagina tushunish mumkin.
Axloqiy rivojlanish jarayonining asosiy qismlari qo‘yidagilardan iborat:

  • Tug‘ma layoqat va qobiliyatlar:

  • Shaxsiy hayot, turmush tarzi jarayonida hosil bo‘lgan odatlar;

  • Ma’naviy ehtiyojlar.

Ta’lim va tarbiya ta’sirida shaxs axloqiy jihatdan kamolga topadi. Axloqiy tarbiyani keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u harbiylarning ma’naviy jihatdan shakllanishda ijtimoiy muhitning ta’siri, ijtimoiy munosabatlarning turmushiga tadbiq etilishidir.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, ofitserning kamolotga erishish yo‘lini yoritib boradi. shaxsning zohiriy va botiniy olamini, ayniqsa qalb olamini o‘rganish, bilish, tahlil etish g‘oyatda qiyin, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir.
Bizning turonzamin xalqlarimiz axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Axloqga oid dastlabki fikrlar «Avesto» kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o‘z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o‘zbek xalqi o‘rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o‘gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda, allomalar merosida axloqiy masalalarga keng o‘rin berilgan.
Hadisi Sharifdagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Farobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko‘plab fikrlar bugungi kunda ham har bir inson uchun qadru qimmatini yo‘qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur Axloqiy Husniya-yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan.
U askarlariga, xalqiga shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki, etti o‘lchab bir kesgan. Uning axloq, guzal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan bog‘liqdir.
«...millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tadbiq eting. Sizlardagi vazifalaringiz millat dardlariga darmon bo‘lishdir... men kabi uzun saltanat surmoq istasangiz, qilichingizni yaxshi o‘ylab chekingiz... orangizda nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko‘p diqqat bering... bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas»1.
Ismoil-al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va amonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsa ham zarari yo‘qdir»2.
Shuni aytish kerakki, xalqimiz axloq-odobni qadimdan ulug‘lab kelgan. Chunki axloq-odob insonga husn, latofat va nazokat bag‘ishlaydi. Bu borada Abu Nasr Farobiyning ijodiyoti diqqatga sazovordir. Farobiy inson axloqi haqida so‘z yuritib, o‘z ijodida axloqiy xislatlarini qo‘yidagicha ta’riflaydi:

  1. Inosnning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqai etgan bo‘lishi zarurki, u bu ba’zilari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshirilsin.


  2. Download 384.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling