Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Xalqga ayting, men aslo o‘lganim yo‘q


Download 384.22 Kb.
bet40/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Xalqga ayting, men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga hatto taslim bo‘lganim yo‘q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
Darhaqiqat, ona Vatan ozodligi va hurligini har narsadan a’lo bilgan mardu maydon kishilar har qanday mushkil holatlarga, murakkab, jiddiy vaz’iyatlarga duch kelmasinlar, biroq ular oxir tomchi qonlari qolguncha o‘z ahdu paymonlariga, e’tiqodlariga sodiq qola biladilar.
Keksa Shayx Najmiddin o‘zi bosh bo‘lib, qasoskor xalqdan lashkar tuzib, Urganch fuqarosini dushmanga qarshi jangga safarbar qiladi. Ikki tomon o‘rtasida qattiq, beomon jang bo‘ladi. Shunda Shayx bayroqni ushlagan holda to so‘nggi nafasiga qadar uni qo‘lda mahkam ushlab boradi. bayroqni olish uchun Shayxning barmoqlarini bir-bir kesib muvofiq bo‘lgan ekanlir.
Armiyaning kuch-qudrati, sog‘lomligi, yengilmasligi askarlarning e’tiqodi, jismoniy salomatligi va harbiy vatanparvarligi bilan bog‘liqdir. Amir Temur armiya tuzishda masalaning bu tomoniga katta e’tibor qaratilgan: «Cherik (qo‘shin, harbiy tuzilma) tuzib, navkor almoqda uch qoidaga amal qildim:
Birinchidan-yigitning kuch-quvvatiga;
Ikkinchidan-qilichning o‘ynata olishiga;
Uchinchidan-aql-zakovatiyu kamolotiga.
Shu uch fazilat jamuljam bo‘lsa, navkorlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-qudratli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkor har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkilotnin bartaraf etmog‘i mumkin».
Bilim yurtida amalga oshirilayotgan kursantlar harbiy vatanparvarlik tarbiyasining yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri-bu shaxsiy tarkibni O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyot, fan, madaniyat, ijtimoiy-sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirib borish va shu asnoda kursantlarda Vatanga muhabbat, iftixor, milliy g‘urur, shu Vatanning munosib farzandi bo‘lib etishishga intilish hissini shakllantirishdan ibratdir.
Vatanparvarlik–bu Vatanimiz xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat bilan qarash hamda uni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish, uning haqiqiy jonkuyari bo‘lishidir.
Vatanparvarlik–bu Vatan oldidagi mas’uliyat, millat, manfaati bilan yashash, Vatan taraqqiyoti, millat obro‘siga obro‘ qilish, xalqning shon-sho‘hrati va manfaatini o‘ylash, insonparvar bo‘lish demakdir.
Vatandan uzoqda-shohlik saltanatida nash’u-namo surgan Zahriddin Muhammad Bobur ona yurti Andijonni loaqal bir bor ko‘rish orzusida hasrat-nadomatlar chekib olamdan ko‘z yumgan.
El sevgan shoir Furqat kindik qoni to‘kilgan qo‘qondan uzoq yashab azobini ko‘rib shunday ta’riflanadi:

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling