Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq


Download 384.22 Kb.
bet39/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq,
Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.
Hatto hayvonlarda ham yashaydigan go‘shasi-Vatani bo‘ladi, unga mehr qo‘yadi, uni hech vaqt esidan chiqarmaydi va hatto tashlamaydi. Mushuk yoki it egasi tomonidan har qancha uzoq joylarga olib borilib, adashtirilganda ham o‘sha mushuk yoki it tug‘ilgan joyiga-yashayotgan oilasiga mashaqqatlar bilan yo‘l topib qaytib kelishini qanday izohlash mumkin.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida, folklorning katta-kichik janrlarida, maqollaridan tortib, yirik epik asarlargacha bosh mavzu yurtsevarlik ohanglari bo‘lib kelgan. Xalqimiz bahodir Go‘ro‘g‘li tilidan shunday deyilgan:
Yurtga dushman ko‘z olaytirsa, qarab turmas yigitning mardi.
Inson hamisha ikki muqaddas tuyg‘u bilan yashaydi va ulug‘lanadi: Vatan va Millat. Ana shu ikki tuyg‘uchi bo‘lmagan odamni biz hech qachon komil inson deya olmaymiz. qolgan barcha ezguliklar ana shu ikki noyob fazilatning bo‘laklaridir. Vatanni odatda onaga qiyoslaydilar ona-muqaddasdir, demak Vatan ham sajdagoh kabi muqaddas.
Vatan bu ota-bobolarimizning xoki, tuprog‘i yotgan makon. Vatan-bu bir siqim tuproq o‘zga yurtda Vatan orzusi bilan yashayotgan musofir uchun u vafot etgach o‘z xokini ham o‘z eli o‘z yurti tuprog‘iga qo‘shilishlarini istaydi va bir umr shu orzu bilan yashaydi.
Vatan inson yuragida unga bo‘lgan muhabbatini ta’riflashga til ojiz. Vatan tug‘usini shoirlar she’rlarida, hofizlar qo‘shig‘ida, bastakor ko‘ylarida, onaning allasida, jangchining sevgisida, qushlarning chug‘ur-chug‘urida daraxt barglarini shivirlashida ko‘rish mumkin.
Yurtboshimiz uqtirib o‘tganlaridek, «Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak. Biz ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’nu sharafini qanday himoya etishni, ota-bobolarimizdan meros qolib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imiz darkor.
Ulug‘ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo‘lib, kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg‘usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylansin».
Muqannaning o‘limi oldidan aytgan mana bu mag‘rur so‘zlari yurt qadrini o‘z manfaatidan yuqori quyuvchi haqiqiy vatanparvar yoki avlod uchun ulug‘ ajdodlarimizning asrlar nidosi bo‘lib jaranglanmog‘i kerak:

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling