Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Insonning nodir betakrorligi va milliy g‘oya, milliy mafkuraning pedagogik asoslari
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
48. Insonning nodir betakrorligi va milliy g‘oya, milliy mafkuraning pedagogik asoslari.
Aziziddin Nasafiyning «Komil inson» risolasida qo‘yidagicha ta’rif berilgan: «Komil inson deb, shariat, tariqat va haqiqatga etuk bo‘lgan odamga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, komil inson to‘rt taraflama, ya’ni yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va oriflik kamolga etgan bo‘ladi. Tasavvur ahli fikriga ko‘ra, insonga erkin faoliyat uchun imon-ixtiyor berilgan. U harakat qilib komillikka erishishi mumkin». Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishdir. Mehnat, aql, odob-axloq, odamlarga yaxshilik qilish insonning oliy fazilati hisoblanadi. Inson kamolotida jismoniy go‘zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lishi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Ayni vaqtda har bir inson o‘zining salomatlik madaniyatini shakllantirmog‘i lozim. Komillikning yana bir jihati Vatanga, millatga, elu-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanni sevmagan, millat tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Komil insonni tarbiyalashda ona tili va chet tillarni o‘zlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. «Ona tili,-deydi I.A. Karimov,-bu millatchilik ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar».Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasiga, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘quv jarayonini bo‘lajak mutaxassislarni davlat tili maqomiga ega bo‘lgan ona tilini, shuningdek, chet tillarini mukammal o‘zlashtirishga yo‘naltirilishi zarurligi qayd qilinganligi bejiz emas, albatta. Til odamlar o‘rtasidagi eng muhim aloqa, muloqat vositasigina bo‘lib qolmay, balki u yoki bu milliy madaniyatining ulkan yutug‘i, xalqning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayoti, ko‘p asrlik rivojining ko‘zgusi hamdir. Til shu til egasi bo‘lgan xalqqa kuch-quvvat, ruhiy barkamollik beradi va rivojlantiradi. Biron bir sabab tufayli milliy til yo‘qolsa, millat ham bora-bora yo‘qolib ketadi. Tili yashab turgan xalqning, millatning kelajagi bo‘ladi. Sho‘ro hokimiyati hukmronlik qilgan 70 yildan ko‘proq vaqt davomida milliy o‘lka xalqlari, jumladan, o‘zbeklarning milliy tili, tarixi va madaniyati rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘lish maqsadida qanday ishlar qilganligini xalqimiz ham, tarix ham hech qachon unutmaydi. O‘zbek tiliga nisbatan qilingan ijtimoiy adolatsizlik, ayniqsa, dahshatliroq tus oldi. O‘zbek tilini buzish va aynitish uchun lug‘at tarkibiga ruscha baynalmillal so‘zlarni sun’iy ravishda tiqishtirila boshlandi. Ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanish kengayib borish o‘rniga asta-sekin torayib bordi.Ish yuritishda undan foydalanish anchagina cheklanib qoldi. Ahvol shu darajaga borib etdiki, barcha yig‘ilishlar, majlislar, yozishmalar rus tilida olib boriladigan, dissertatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, ariza, shikoyat va iltimosnomalar shu tilda yoziladigan bo‘ldi. O‘zbek tiliga nisbatan olib borilgan bunday siyosat xalqimizning ruhiga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Til millatni millat qilib turgan eng muhim belgilaridan biridir.Milliy ong, milliy madaniyat o‘smasa kishilarda milliy g‘urur, oriyat, faxr, iftixor, ham yuksalmasdan qoladi. O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi o‘zbek xalqining, jumhuriyatimizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy, ma’naviy va siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqeadir. Qonunga binoan o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili, deb e’lon qilindi.Bu xalqimizni behad quvontirib, dilni yayratib yuboradi, milliy g‘ururini kuchaytirdi. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili deb, qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilganligi xalqimiz uchun chinakamga buyuk yutuq bo‘ldi. Tilimiz, tariximiz, madaniyatimiz, butun ma’naviy hayotimiz tazyiq ostiga olinganligi, diniy, axloqiy, milliy, qadriyatlarimiz oyoq osti qilinganligidan qanchalik aziyat chekkanligimizni hali unutgan emasmiz.qonunga asoslanib yana shuni alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladiki, o‘zbek tili va madaniyati asosan O‘zbekistonda keng rivojlanishi, gullab yashnashi, o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishi mumkin. O‘zbekiston-o‘zbek tili va madaniyatining taraqqiyot o‘chog‘idir. Xuddi shuningdek, boshqa milliy tillar va madaniyatlar ham o‘z tarixi jarayonda ravnaq topish imkoniyatiga ega. Buni unutmasligimiz lozim. Davlat tili haqidagi qonunning aksariyat moddalari mazmuni o‘zbek tilining barcha muomala sohalarida qo‘llanilishiga qaratilgan. O‘zbek tili inson faoliyatining hamma sohalari uchun, eng murakkab ilmiy tushunchalarni va inson qalbining eng nozik tuyg‘ularini ifodalash uchun boy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tillardan biridir. G‘oya-insonlarning ezgu-niyatlar fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqlol rejalari, tamoyillaridan iborat. G‘oya bu shaxsni madaniyatini aks etuvchi asosiy omildir. G‘oya deganda biz shaxsning ma’naviyatini tushunishimiz mumkin. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling