Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Har bir viloyatda maxsus harbiy maktablar tashkil etish.
Barcha oliy o‘quv yurtlariga talabalikka faqat O‘zbekiston qurolli Kuchlarida xizmatni o‘taganlaridan so‘ng qabul qilish. Barcha oliy o‘quv yurtlrida harbiy kafedralar ishini yaxshi yo‘lga qo‘yish. Boy tariximizdan bizga meros qolgan xalq og‘zaki ijodiyoti «Avesto», «Islom», tasavvuf va umuminsoniy g‘oyalarni o‘zida mujassamlanshtirilgan turli baddiy filmlarni tanlov asosida yaratish. IIO o‘quv yurtlarida «Kamolot» ijtimoiy yoshlar harakatining bo‘linmalarini ochish. Shu yo‘llar orqali yoshlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Milliy qadriyatimiz va ajdodlarimizning jangovar an’analariga, shu bilan birga, eng zamonaviy talablar va andozalarga mos keladigan armiyamizni barpo etish haqida gapirar ekanmiz, o‘tgan qisqa davr mobaynida ana shu maqsadga erishish yo‘liga dastlabki qadamlar qo‘yish lozim. Xalqimizning eng ishonchli tayanchi vasuyanchi, faxri va iftixori bo‘lishi milliy armiyamizni barpo etish davlatimiz, jamiyatimiz, Vtananimizning taqdiriga befarq qaramaydigan har qaysi insonning muqaddas burchiga aylanishi zarur. Shu ma’noda, armiyamizda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratishda milliy istiqlol g‘oyasini tarbiyalashda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tibor berish, harbiy-tayyorgarlik jarayonini ilg‘or texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-uslublar asosida tashkil etish, harbiy xizmatchining intelektual mezonlari va yo‘nalishlarini takomillashtirish yo‘lida boshlangan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz shart. Bugungi kunda harbiylarda sog‘lom-ma’naviy muhitni yaratish va milliy istiqlol g‘oyasini harbiy xizmatchilar ongiga singdirishning quyidagi pedagogik omillari mavjuddir: Harbiy xizmatchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy ong, ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy, ma’naviy tarbiyaviy masalalaridan Vatan va millat oldidagi fuqarolik burch hamda vazifalarni bajarishga tayyorlash; Harbiy xizmatchilarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ularni davr talablari, ona-yurtimiz, xalqimiz manfaatlariga javob bera oladigon fazilatlarni to‘g‘ri belgilab, tashabbus bilan qiyinchiliklarni enga olish ruhida tarbiyalash; Ularda ma’naviy merosimizga ehtirom ruhini tarbiyalash, tariximizni mukammal o‘zlashtirish, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash jarayonida faol ishtirokni ta’minlash; Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga o‘rgatish maqsadida turli-tuman harbiy va fuqarolar mudofaasiga oid musobaqalar o‘tkazish; Harbiy xizmatchilarda axloqiy va estetik tarbiyani shakllantirish; Harbiy xizmatchilarda milliy tilga hurmatini tarbiyalash bilan bir qatorda boshqa tillarni o‘rganishning ahamiyatini tushuntirish; Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlashga ko‘maklashadigan muqaddas kitob qur’oni Karim, Hadisi SHarif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayxnajmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu-fuzalolarning mo‘‘tabar asarlarini o‘qitish va o‘rgatish. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni saqlashga intilish uchun harbiylarning mustaqillik sharoitlarida demokratiyaning sharqona an’analari rivojlanishini tushunish, ularda jamoatchilik fikrini hurmat qilish, uzoqni o‘ylab ish tutish, ehtiros va hissiyotlarga berilmaslik, har qanday og‘ir vaz’iyatda o‘zini tuta olish madaniyatini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur. Tinchlik, ahillik, osoyishtalik barqaror bo‘lgan joydagina taraqqiyot bo‘lishi, inson o‘z orzu-umidlariga etishi mumkinligini yoshlar anglashi vatanparvarlik e’tiqodining burch, mas’uliyat darajasiga ko‘tarilishiga olib keladi. Bizga ma’lumki, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri-bu yurt tinchligidir. Bu bejiz emas, negaki asrlar davomida bizning ajdodlarimiz bashariyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, eng avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan, zero yurt tinchligi-barqaror taraqqiyot garovidir. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling