Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet68/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Tekshirishning yozma metodi ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini tekshirish maqsadida qo‘llaniladi. Yozma tekshirish askarni mantiqiy mushohada qilishga (fikrlash)ga o‘rgatadi, o‘z fikrini yozma ravishda bayon eta olish qobiliyatini rivojlantiradi.
Test usulida tekshirish keyingi paytlarda ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini tekshirish maqsadida keng qo‘lanilmoqda. Biroq tekshirishning bu metodi turli tanqidiy munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini texnika vositalari yordamida tekshirish alohida olingan askarlarning va bo‘linmalarning tayyorgarligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Tekshirish vaqtida turli trenajerlardan, kompyuter texnikasidan foydalanish bir tomondan vaqtni va moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, boshqa tomondan esa nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikma va malakalardagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish uchun qulaylik yaratadi.
Askarlarbilimi, ko‘nikmasi va malakalarin ibaholash
Shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari tekshirilar ekan, ular baholanishi ham zarur. Bunda baholash turlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
1. His-hayajonli munosabat yordamida baholash: ma’qullab yoki norozi ma’noda bosh irg‘ab qo‘yish, “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “barakalla”, “yaxshi emas” kabi qisqa izohlar berish va hokazo.
2. Baholovchi fikr, munosabat yordamida baholash: “to‘g‘ri, biroq ishonchsiz harakat qildingiz”, “masalani tushunasiz, ammo fikrlaringizni aniq bayon etolmadingiz” kabi fikrlarni bildirish.
3. Baho qo‘yish yordamida baholash, ya’ni “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”va “qoniqarsiz” baholar qo‘yish.
4. Reyting tizimida baholash, ya’ni o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonida mavzular bo‘yicha belgilangan ballarni to‘plab borish.
Askarlar bilimini baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
- o‘quv fani (savol) bo‘yicha bilimlari hajmi;
- bilimlarining chuqurligi va aniq tizimga solinganligi;
- o‘rganilgan bilimlarni tushunib etganligi, fikrlarining mustaqilligi, qat’iy ishonch bilan bayon etilishi;
- bilimlarining amaliy ahamiyatini tushunib etishi, turli vazifalarni bajarishda qo‘llay olishi.
Askarlarning ko‘nikma va malakalarini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
- ko‘nikma va malakalarning mavjudligi;
- ularning aniqligi va mustahkamligi;
- ko‘nikma va malakalarni turli sharoitlarda qo‘llay olishi;
- yo‘l qo‘yilgan xatolarning miqdori, ularning xarakteri va amaliy faoliyatga ta’siri;
- harakatlarining aniqligi, mustaqilligi, bajarilish tartibi (ketma-ketligi).
Ta’lim oluvchilarga baho qo‘yishda quyidagi pedagogik mezonlarga rioya qilish lozim:
- “a’lo” baho qo‘yiladi, qachonki askar fan bo‘yicha dastur materiallarini to‘liq va chuqur egallasa hamda tushunib etsa; aniq, mazmunli, mantiqiy bayon etsa va fikrlarini asoslab bera olsa; nazariy bilimlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olsa;
- “yaxshi” baho qo‘yiladi, qachonki ta’lim oluvchi dastur materialini bilsa, savollarga erkin javob bersa; nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olsa; xatosiz harakat qila olsa;
- “qoniqarli” baho qo‘yiladi, qachonki askar dastur materialining asosiy qismini bilsa, savollarga to‘liq javob bera olmasa; nazariy bilimlarini amalda to‘g‘ri qo‘llashga qiynalsa;
- “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi, qachonki askar dastur materiali haqida yuzaki tushunchaga ega bo‘lsa; nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olmasa.
Har qanday sharoitda ham baho ob’ektiv va haqqoniy bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakalariga aniq mos kelishi lozim. Oshirib qo‘yilgan baho bo‘ysunuvchini “erkalatib”, tinchlantirib qo‘yishi, ba’zan esa manmanlikka olib kelishi mumkin. Nohaq pasaytirib qo‘yilgan baho esa askarni ranjitishi, mashg‘ulotlardan ko‘nglini sovutib qo‘yishi mumkin.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling