Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Shaxsiy tarkib tayyorligini tekshirish metodlari


Download 384.22 Kb.
bet67/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

45. Shaxsiy tarkib tayyorligini tekshirish metodlari.
Shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
- nazorat kuzatuvi;
- ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyatini tahlil qilish;
- og‘zaki so‘rov;
- yozma ish;
- test usulida tekshirish;
- texnik vositalar yordamida tekshirish.
Ta’lim beruvchi shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hajmini va sifatini, shuningdek ularning shakllanish va rivojlanish jarayonini avvalambor, doimiy kuzatish orqali aniqlaydi. Shuning uchun ham nazorat kuzatuvi keng tarqalgan va o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lgan metoddir. Bu metod barcha mashg‘ulotlar va mashqlar davomida qo‘llanilishi mumkin. Ta’lim beruvchi o‘tkazilayotgan turli shakldagi mashg‘ulotlar, mashqlar, xizmat vazifalarini va turli topshiriqlarni bajarish jarayonida bo‘ysunuvchilar o‘z bilimlaridan qay darajada foydalanayotganlarini, ko‘nikma va malakalari qanchalik rivojlanganligini va ularni amalda qanday qo‘llayotganlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyatini tahlil qilish askarlar tayyorgarligi darajasini tekshirishning muhim metodi sanaladi. Ofitser o‘z bo‘ysunuvchilarining bilimi, ko‘nikmasi va malakalari haqida nafaqat ularni kuzatish, balki ularning amaliy faoliyati, bajarayotgan ishlari natijalariga qarab ham baho beradi. Masalan, jangovar texnikani boshqarish va qurol-yarog‘lardan foydalanish vaqtida ta’lim oluvchining harakatlari qanchalik to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, havfsizlik qoidalariga rioya qilishi, harbiy mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari haqida to‘g‘ri tasavvur olishga va haqqoniy baholashga imkon beradi.
Og‘zaki so‘rov tekshirishning keng tarqalgan metodi bo‘lib, bundan ko‘pincha ta’lim oluvchining nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanaladi. Og‘zaki so‘rov bir qarashda juda oson metodga o‘xshab ko‘rinsada, puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Ta’lim beruvchi tekshirilishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini aniqlashi, so‘rov paytida beriladigan savollarni mantiqan va mazmunan to‘g‘ri tuzishi lozim.
Tekshirishning og‘zaki so‘rov metodi ta’lim oluvchidan savolni tez idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish, ularning xotirasini rivojlantirishga yordam beradi.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling