Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44. Askarlar bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish va baholash
Malakalar bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanishda, ularni yangi va murakkab sharoitlarda to‘g‘ri va muvaffaqiyatli qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi.
Malakalar ham ko‘nikmalar singari oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Harbiy mahorat shakllanishining boshlang‘ich bosqichida, ya’ni askar o‘z bilimlarini qo‘llay boshlagan davrda oddiy malakalar paydo bo‘ladi. Mashqlar jarayonida bunday malakalar oddiy ko‘nikmalarga aylanadi. Bilimlar, oddiy malakalar, sodda va murakkab ko‘nikmalar asosida murakkab malakalar shakllanadi. Murakkab malakalar – askarning ta’lim jarayonida egallagan bilimi, ko‘nikmalarini ijodiy qo‘llay olish va harbiy faoliyatning murakkab vaziyatlarida yuqori natijalarga erisha olish imkoniyatidir. Ko‘nikma tez-tez takrorlanib turuvchi sharoitlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Malaka esa insonga ko‘nikmalarni yangi sharoitlarda qo‘llashga imkon yaratib beradi. Ko‘nikmadan farqli o‘laroq, malaka inson ongining faolligini, o‘z-o‘zini nazorat qila olishni, turli vazifalarni bajarishning umumlashgan usullarini egallashni talab qiladi. Malakalarni shakllantirish bilim va ko‘nikmalarni tobora murakkablashib boruvchi sharoitlarda qo‘llash, shaxsiy tarkibning nazariy va amaliy tayyorgarligini doimiy uyg‘un ravishda olib borishni talab qiladi. Ko‘nikmalarning shakllanish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1. Analiz-sintez, ya’ni alohida usul va operatsiyalar shakllanadi va ular yaxlitlanadi. 2. Zo‘riqish, hayajon, xato yo‘qotiladi. 3. Harakatlar avtomatlashadi. 4.Generalizatsiya jarayoni kechadi, ya’ni harakatlar umumlashadi, ko‘nikma faoliyatga aylanadi. Ko‘nikmalar askarlarning o‘z xizmat vazifalarini chuqur anglagan, xatolarini bilgan, shuningdek muvaffaqiyatlari o‘z vaqtida ma’qullangan va taqdirlangan holda samarali rivojlanadi. Shuning uchun ta’lim beruvchi askarga nisbatan g‘amxo‘r va talabchan bo‘lishi, o‘qish va xizmatda yangi yutuqlar sari ruhlantira olishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘nikmaning takomillashishi uning murakkabligiga, askar shaxsining shaxsiy va ruhiy xususiyatlariga va holatiga, ta’lim beruvchilarning mahoratiga va ta’lim sharoitiga ham bog‘liq. Harbiy mahorat o‘z mohiyatiga ko‘ra jamoaviy mahorat hamdir. Askarlar birgalikda harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatadilar, bo‘linma oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajaradilar va jamoa oldiga qo‘yilgan boshqa maqsadlarga erishish yo‘lida jamoa bo‘lib yondashadilar. Shuning uchun harbiy mahorat to‘g‘risida so‘z yuritganda nafaqat yakka olingan askar, balki jamoaning harbiy mahorati haqida ham to‘xtalib o‘tish zarur. Jamoa harbiy mahoratining mazmuni vazifalarning jamoaviy bilim, ko‘nikma va malakalar, jamoaning xususiyatlariga asoslangan umumiy ijrosining yuksak darajasini belgilaydi. Jamoaviy bilim – askarlarning nizomlar va yo‘riqnomalarning bo‘linma, qism harakatlari to‘g‘risidagi, jangovar texnikadan foydalanish va qo‘llash to‘g‘risidagi bilimlaridir. Jamoaviy bilimlar jang maydonidagi va tinchlik davridagi turli vazifalarni bajarishdagi o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarda ko‘rinadi. Jamoaviy faoliyat ko‘nikmalari – askarlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning belgilangan tartib-qoidalari va sharoitlarining o‘zlashtirilishi, umumiy vazifalarning bajarilishi natijasidir. Bu ko‘nikmalar harbiy jamoa turli faoliyati uyg‘unligining, muvofiqlashganligining samaradorligini ta’minlaydi. Jamoaviy faoliyat malakalari jamoa tomonidan bilim va malakalarning to‘g‘ri va ijodiy qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Jamoaharbiy mahoratini shakllantirish va rivojlantirishda komandir mahorati muhim rol o‘ynaydi. Komandir mahorati – ofitserning bo‘linma, qismga rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, xislatlarga asoslangan faoliyatining yuksak darajasidir. Komandirmahorati asosan uning rahbarlik va harbiy mutaxassislik san’atidan iborat bo‘ladi. Jamoa mahorati askarlarning yakka mahorati, turli mutaxassislar guruhlari mahorati va komandir mahoratidan tarkib topadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yakka va jamoa harbiy mahoratini shakllantirishda quyidagi shartlar muhim sanaladi: - askarlarda yuksak g‘oyaviy, ma’naviy va axloqiy xislatlarni tarbiyalash; - jamoani jipslashtirishga alohida e’tibor qaratish, askarlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni tarbiyalash; - umumiyfaoliyatdayuksaknatijalargaerishishgaintilish; - askarlarni yakka va jamoa faoliyatini samarali amalga oshirish uchun o‘z bilimlarini, ko‘nikmalarini va malakalarini tinmay takomillashtirib borishga undash; - tinchlik davrida va urush sharoitida askarlarning tashabbus ko‘rsatishi, o‘z bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini ijodiy qo‘llashi, faollik ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish; - ta’lim va tarbiya jarayonida askarlarning qobiliyati, temperamenti va xarakteri xususiyatlarini hisobga olish; - harbiy xizmatning turli sharoitlarida o‘zlarining bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini to‘la namoyon qila olishlari uchun askarlarning hisiy-irodaviy turg‘unligini mustahkamlash, birgalikda turli vazifalarni bajarish. Hozirgi davrdagi harbiy xizmat insonga, uning aqliy, ma’naviy, ruhiy, irodaviy va jismoniy sifatlariga, intellektual darajasiga, kasbiy tayyorgarligiga yuksak talablar qo‘ymoqda va har bir askarning, bo‘linmaning harbiy mahoratini tobora yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Bu vazifalarni bajarishda ta’lim-tarbiya jarayonining, xususan harbiy mahoratni shakllantirishning psixologik-pedagogik shartlarini hisobga olish muhimdir. 44. Askarlar bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish va baholashDownload 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling