Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
I. O‘quv-rejali tashkiliy shakllar
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
I. O‘quv-rejali tashkiliy shakllar.
1. Sinf mashg‘ulotlari: ma’ruza, laboratoriya va maxsus jihozlangan o‘quv xonalaridagi mashg‘ulotlar, mustaqil tayyorgarlik, konsultatsiya, bo‘sh o‘zlashtiruvchi yoki mashg‘ulot qoldirgan askarlar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar va boshqalar. Sanab o‘tilgan shakllardagi mashg‘ulotlar tashkil etilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi va ma’lum bir o‘quv vazifalarini hal qilishgagina imkon beradi. Bu shakllar uchun umumiylik shundan iboratki, ular avvalambor shaxsiy tarkibning nazariy tayyorgarligini, askarlar tomonidan ijtimoiy-siyosiy bilimlarning, zamonaviy jangning nazariy asoslarining, qurol-yarog‘ va jangovar texnika ishlashining fizik asoslari va prinsiplarining egallanishini ta’minlaydi. Bulardan tashqari, sinf mashg‘ulotlari ba’zi bir amaliy ko‘nikmalarning shakllanishiga ham imkon beradi. Sinf mashg‘ulotlari, odatda, u yoki bu bo‘linma shaxsiy tarkibi yoki ofitserlar, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar guruhi bilan o‘tkaziladi. Harbiy qismlarda ba’zan vaqtinchalik o‘quv guruhlari tashkil etilishi mumkin. Mashg‘ulot jarayonida ta’lim oluvchilarning soni o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv savollarining mazmuni, askarlarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv xonalarining mavjudligi va jihozlanishi, belgilangan mavzu bo‘yicha mashg‘ulot o‘tuvchi mutahassislarning mavjudligi va boshqa omillardan kelib chiqib belgilanadi. Konsultatsiyalar, odatda, yakka tartibda yoki guruh tarkibida o‘tkaziladi. Konsultatsiya vaqtida o‘qituvchi ta’lim oluvchilarda tug‘ilgan savollarga javob beradi, umumlashtiruvchi ma’ruzalar o‘qiydi, kerakli o‘quv materiallarini izlash uchun manbalar bilan tanishtiradi, mustaqil tayyorlanish yo‘llarini o‘rgatadi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar ham yakka tartibda yoki guruh tarkibida amalga oshirilishi mumkin. Bunda o‘qituvchi mashg‘ulot qoldirgan askarlarga o‘tilgan mavzuning asosiy mazmunini bayon qiladi, ularning tushunganlik darajasini aniqlaydi, mustaqil tayyorlanish uchun adabiyotlar tavsiya etadi. Askar asosiy mashg‘ulotda bo‘la turib, o‘quv materialini yomon o‘zlashtirgan holda o‘qituvchi askar mavzuni yoki mavzuning ma’lum bir qismini nima uchun tushunmaganligini aniqlashi, tushuntirib berishi va qanday o‘zlashtirganlini tekshirishi, mustaqil tayyorgarlik uchun tavsiyalar berishi lozim. Mustaqil tayyorgarlik askarlarning asosiy mashg‘ulotlar davomida egallagan bilimlarini mustahkamlash, qo‘shimcha ma’lumotlar olishda katta ahamiyatga ega. Bunda askarlar adabiyotlar bilan ishlashi, mutaqil ravishda elektron kutubxonalar yoki “Internet” tarmog‘idan kerakli ma’lumotlarni izlab topishi, qurol-yarog‘ va texnikani o‘rganishi mumkin. Askarlarning mustaqil tayyorgarligi rejali asosda, ma’lum o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutgan holda va albatta, o‘qituvchi (komandir, instruktor) rahbarligi ostida o‘tishi lozim. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling