Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Ta’limning tashkiliy shakllari haqida tushuncha


Download 384.22 Kb.
bet59/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

42. Ta’limning tashkiliy shakllari haqida tushuncha.
Ta’limning tashkiliy shakllari deganda o‘quv materialini etkazishning tartibi va ketma-ketligi, o‘rni va davomiyligi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining xususiyati tushuniladi.
Ta’lim beruvchi shaxsiy tarkibga u egallayotgan mutaxassislikning xususiyati, har bir mashg‘ulot mavzusining mazmuni va maqsadlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni turli shakllarda rejalashtiradi va tashkil etadi. O‘z maqsadiga ko‘ra yangi nazariy bilimlar berish, mavjud bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, rivojlantirish, tekshirish, baholash mashg‘ulotlari bo‘lib, ularning har biridan alohida yoki bir mashg‘ulotning o‘zida bir necha turidan foydalanish mumkin. Masalan, ma’ruza mashg‘ulotida shaxsiy tarkibga faqat yangi o‘quv materialini (yangi bilimlarni) berish bilan kifoyalanish yoki shu mashg‘ulotning o‘zida o‘tgan mavzuni qisqacha takrorlash va yangi materialni mustahkamlash mumkin. Mashg‘ulot qaysi shaklda tashkil etilmasin, uning asosiy maqsadi yuqori malakali harbiy mutaxassis tayyorlash dasturi talablariga javob bergan holda shaxsiy tarkibga zarur bilimlarni berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli insonni tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Ta’limning tashkiliy shakllari umumiy va maxsus shakllarga ajratiladi. Ta’limning umumiy shakllari barcha qo‘shin turlari va mutaxassisliklar uchun umumiydir. Ta’limni tashkil etishning maxsus shakllari esa qo‘shin turlari va mutaxassisliklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, aviatsiyada erdagi maxsus tayyorgarlik va parvozlar, harbiy-havo desantchilarining maxsus tayyorgarligi va boshqalar.
Mashg‘ulotlarni tashkil etishning uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan an’anaviy shakl va metodlari bilan bir qatorda, hozirgi vaqtda ta’limning faol shakl va metodlaridan ham foydalanilmoqda. Quyida harbiy mutaxassislarni tayyorlashda mashg‘ulotlarni tashkil etishning, keyingi mavzuda esa ta’lim metodlarining an’anaviy turlari bayon etiladi. Ta’limni tashkil etishning faol shakl va mavzulariga esa alohida mavzu bag‘ishlanadi.
Hozirgi kunda shaxsiy tarkibga ta’lim berishning umumiy shakllari quyidagicha tasniflanadi:

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling