5. Qo‘shin mashqlari (ucheniya): taktik, taktik-maxsus, qo‘mondonlik va qo‘mondonlik-shtab mashqlari, jangovar otish bilan taktik mashqlar.
Har xil turdagi mashqlar komandirlar, shtablar va qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining oliy shakli hisoblanadi. Ular bo‘linmalar, qismlar, birlashmalar jangovar harakatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash va ularning jangga amaliy va ruhiy tayyorlashdagi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mashqlar haqiqiy joyda, yilning, kun va tunning istalgan paytida o‘tkaziladi. Mashqlarda ishtirok etadigan shaxsiy tarkib esa haqiqiy qurol va jangovar texnika bilan harakat qiladi. Taktik mashqlar davomida ta’limning asosini askarlarning jangovar sharoitga juda yaqin vaziyatlarda o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq amaliy masalalarni hal etish tashkil qiladi.
6. Harbiy o‘yinlar: qo‘mondonlik va qo‘mondonlik-shtab harbiy o‘yinlari (kompyuter dasturlari yordamida, harita ustida o‘tkaziladi). Bundan maqsad, qo‘shinlarni boshqarishdagi muvofiqlikni ta’minlash, general va ofitserlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, jangovar harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha nazariy xulosalarini amalda tekshirishdan iboratdir.
Harbiy o‘yinlar davomida ta’lim oluvchilar o‘zaro bog‘liq taktik vaziyatlar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar va o‘z qarorlarini bayon qiladilar, jangovar buyruqlar va ko‘rsatmalar beradilar, tezkor taktik hisoblarni bajaradilar , turli jangovar hujjatlarni ishlab chiqadilar. Bunda ta’lim oluvchilarning faoliyati yuzaga kelgan vaziyat, qo‘yilgan jangovar vazifa, ajratilgan vaqt va o‘zlarining vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
II. Xizmat-rejali tashkiliy shakllar.
Park kunlari, park-xo‘jalik kunlari, texnikani mavsumiy
foydalanishga tayyorlash, reglament ishlari (asosan raketa qo‘shinlarida).
Mashg‘ulotlarning yuqorida sanab o‘tilgan turlari jangovar texnika va qurollarni doimiy jangovar shay holda saqlash, shaxsiy tarkibning texnik tayyorgarligini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Bunday mashg‘ulotlar davomida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi rahbarligida qurol - yarog‘, jangovar texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash ishlarini bajarish vaqtida egallangan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish bo‘yicha faol harakat qiladilar.
III. Rejadan, darsdan tashqari mashg‘ulotlar.
Texnik to‘garaklar, fan to‘garaklari, ilg‘or tajriba maktabi, konkurslar, olimpiadalar, mavzuli kechalar, kitobxonlik kechalari, kinolektoriylar, davra suhbatlari, ekskursiyalar va boshqalar.
Bunday mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |