«qahramonlikni siz qanday tushunasiz?»mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan munozara.
Munozaradan ko‘zlangan maqsad:
Talabalarda qahramonlarga, tinch hayot kechirishimizga o‘z hissasini qo‘shgan insonlarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni oshirish, ularga nisbatan hurmat-e’tiborli bo‘lishga o‘rgatish.
Munozaraga oid materiallar:
Karimov I.A.-«Bizdan ozod va obod Vatan qolsin». Toshkent, 1994 y.
Jasoratning oltin bahori. Toshkent oqshomi. 1995 yil, 3 may.
Munozaraning asosiy masalalari:
qahramonlik to‘g‘risidagi tushunchangizni gapirib bering.
Nima uchun biz «qahramonlik» mavzusi bo‘yicha munozara o‘tkazamiz?
Urush maydonidagi qahramonlik nimadan iborat?
a) Boshqa urushlardagi (masalan Afg‘onistondagi urush).
b) Tinchlik paytida-mehnatda, tabiiy ofatda, kundalik hayotda.
Munozarani tayyorlash va o‘tkazish metodikasi:
Munozaraning qisqacha maqsadi:
G‘alaba-bu o‘n ikki, o‘n to‘rt yoshida dastgoh boshini tutgan yoshlarning orzularidir.
G‘alaba-bu dalalarda oftobda kuyib er chopgan, qo‘y haydagan, paxta tergan ayollarimizning sabr-toqati.
G‘alaba-bu yigit yoshida ochilmay so‘ngan millionlab vatandoshlarimizning mardligi.
G‘alaba-bu necha yildan beri eshikka tikilib, o‘g‘lini kutib yashayotgan onaizor.
G‘alaba-bu dunyoni ezgulikka, do‘stlikka chorlab turgan Toshkent bongi.
Ha, shahidlar mangu uyg‘oq, ular hamisha bizni yurtni sevishga chorlab turadi. Toshkent non shahri deyilardi, urush yillarida Toshkent mehr-muruvvat, ezgulik shahri degan nom oldi. O‘zbekistonda urush davrlarida 230 sanoat korxonasi qurol-yarog‘ ishlab chiqardi.
Ha, ne-ne suronlarni boshidan kechirdi ona yurtimiz. 1942 yil O‘zbekiston 211-polkda 70-rota harbiy ta’lim olayotganlarni jangga kuzatildi.1943 yil 45 000 jangchilar tayyorlab berdi. 5 yil urushda 390 000 askar mardlik namunalarini ko‘rsatdi. Sharifjon Ergashev, Aleksandr Kulikov, shoir Sulton Jo‘ra Belorusiyada, Xasan Said, Burxon Tursunlar, Belgradda Komil Shodmonov, Ismoil Aytmatov va boshqalar jang qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |