Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50. Tarbiya tamoyillari
- Birinchi talab
- Uchinchi talab
Bu kurash hayotning qonuni uchun
Bu chorak asrning yakuni uchun. Bu elning go‘dagi, choli, go‘zali, Navoiy misrasi, Bobur g‘azali, Dutorning bemalol unlari uchun Abadiy saodat ayyomi uchun. Temirchi Shomahmud Bahrixon aya uyi mamlakatga aylandi. 14 nafar turli millat bolalari shu erda, Kattaqo‘rg‘onda Shamshid Samatov 13 nafar bolalarni, buxorolik Muazzam va Sharof Jo‘raevlar 8 nafar bolalarni tarbiyaga oldi. Ha biz hano‘z-hano‘zgacha urush qurbonlarini sonini 20 million deb keldik. Ammo shu raqam to‘g‘rimikan?-degan savol tug‘iladi o‘zidan-o‘zi. Ha, bu buyuk g‘alaba o‘zbek xalqiga ham, rus xalqiga ham, ukrain xalqiga ham boriki, 68 sobiq ittifoq sarhadlaridagi biror xalqqa arzonga tushmadi. Albatta bu buyuk g‘alabani qo‘lga kiritishda buyuk o‘zbek xalqining farzandlari ham katta hissa qo‘shdilar.Bularning barchasini nomini tilga olishga qalam ham, vaqt ham etmaydi.qahramon qiruvchi samolyot boshaqarib, fashistlarga qiron etkazgan Abdusattor aka Eshonqulov, mohir rassom, qahramon Said aka Abdullaev, domla Nosir aka qodirov va hokazolar. 1991 yil Mustaqilligimiz sharofati bilan viloyat va tumanlarda ona-Vatanimizni himoya qilib, shahid ketganlar xotirasiga «Xotira» maydonlari qurildi. Bir qancha ko‘chalarimiz, tumanlarimiz ularni nomlari bilan atalib kelmoqda. 50. Tarbiya tamoyillari Tarbiya tamoyillari deganda tarbiya jarayonining qonuniyatlaridan kelib chiqadigan, tarbiya jarayonining mazmuniga, metodlariga va uni tashkil etishga quyiladigan asosiy talablarni ifodalovchi, boshlang‘ich (asos bo‘lgan) qoidalarni tushuniladi. Ular tarbiya jarayonining xususiyatlarini aks ettiradi. Tarbiya tamoyillariga pedagoglar tarbiyaviy vazifalarni hal etishda amal qiladilar. Tarbiyaning tamoyilari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va talablarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishiga quyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g‘oyalar va qoidalar yig‘indisini aytiladi. Tarbiya tamoyillariga pedagoglar tarbiyaviy vazifalarni hal etishda amal qiladilar. Tarbiya tamoyillariga quyidagi talablar quyiladi: Birinchi talab-majburiylik (ya’ni, tarbiya tamoyillari shunchaki maslahat yoki tavsiya bo‘lmasdan, ular muqarra ravishda pedagogik amaliyotga tatbiq etilishini talab qiladi); Ikkinchi talab-komplekslilik (ya’ni, tarbiya tamoyillari tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida bir vaqtning o‘zida, frontal holda qo‘llaniladi, ularning ketma-ket, alohida qo‘llanishlariga yo‘l quymaslik kerak); Uchinchi talab-baravar qimmatlilik (ya’ni, tarbiya tamoyillari umumiy va asosiy qoidalar sifatida eng qimmatli, baravar bo‘lib, ularning orasida asosiy va ikkinchi darajali prinsiplar bo‘lmaydi). Tarbiya tamoyillari «tayyor retseptlar» «universal qoidalar» emas, pedagoglar ulardan foydalanganlarida avtomatik tarzda yuqori natijalarni birdaniga olmaydilar. Tarbiya tamoyillarining talablari umumiy, ammo, har bir ofitser o‘z bilimi, tajribasi, mahoratiga tayanib, ulardan ijodiy foydalaniladi. Har bir ishning o‘ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari mavjudki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Jumladan: -tarbiyaning ilmiyligi; -tarbiyaning ongliligi; -tarbiyada ishontirish; -tarbiyaning hayot va harbiy faoliyat bilan bog‘liqligi; -tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakteri; -tarbiyada vijdon, iroda, qat’iylik va ishonch; -tarbiyada intizom, axloq va burch uyg‘unligi; -tarbiyaning yakka va umumiy xarakteri; -jamoada ijobiy namuna; -jamoada va jamoa orqali tarbiya. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling