23. Harbiy jamoalardagi ijtimoiy-psixologik muammolar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga xos bo‘lgan muammolar umumjamiyat muammolarining bir qismi hisoblanadi. Chunki, Qurolli Kuchlar jamiyatning bir qismi ekan, ushbu muammolardan chetda, alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Shunday ijtimoiy-psixologik muammolardan biri - suitsid (o‘zini o‘ldirish) hodisasi hisoblanadi. Keling ushbu salbiy hodisaning ko‘lamini to‘g‘ri tasavvur qilish uchun statistik ma’lumotlarga murojaat qilamiz.
Hozirgi vaqtda butun dunyo miqyosida har yili yarim million - 500 000 kishi o‘zini-o‘zi o‘ldiradi. O‘zini-o‘zi o‘ldirishga – suitsidga intiluvchilar soni esa bundan 10 marta ko‘p, ya’ni 5 mln. kishini tashkil etadi.
Bunday hodisa bizning yosh davlatimiz O‘zbekiston Respublikasiga ham begona emas. O‘zbekiston jamiyatining bir qismi bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizda ham suitsid xodisasi tez-tez bo‘lib turadi.
Suitsidning oldini olish maqsadida Mudofaa vazirligi barcha vositalarni ishga solmoqda. Ushbu maqsadda Mudofaa Vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi o‘z-o‘zini o‘ldirish va o‘z joniga qasd qilishga intilish holatlarining oldini olish choralari haqida» deb atalgan ko‘rsatmasi mavjud.
Ushbu ko‘rsatmada Qurolli Kuchlarda ushbu hodisani tuzatish muammolari haqida gapirilgan.
Bundan tashqari Mudofaa vazirligi 2002 yilda nashr etgan 12-sonli Axborot byulleteni ham Qurolli Kuchlarda jangovar tayyorgarlikka salbiy ta’sir etuvchi xodisalarga, jumladan, suitsid xodisasiga bag‘ishlangan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hozirgi vaqtda butun dunyoda o‘z joniga qasd qilish muammosining yechimini topish juda dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bu muammoning yana bir muhim to-moni shundan iboratki, keyingi yillarda yoshlar va sog‘lom kishilar o‘rtasida suitsid hodisalarning soni oshib borayapti.
Ba’zi bir mutaxassislarning fikricha suitsid faqatgina insonlarga xos bo‘lib, ijtimoiy hodisa hisoblanadi va jamiyatning tuzilishi bilan belgilanadi. Lekin, boshqa tomondan qaraydigan bulsak – bu shaxsning murakkab vaziyatlarga nisbatan individual reaktsiyasi bo‘lib, muayyan insonning shaxsiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari yana shunday omilni esdan chiqarmasligimiz kerakki, jamiyatning suitsid hodisasiga nisbatan salbiy munosabati ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |