Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet21/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

18. Eksperiment va anketa metodlari.
Eksperiment metodi. Eskperiment o‘rganishning shunday uslubi bo‘lib, bunda harbiy xizmatchi va jamoaning oddiy, kundalik faoliyati sharoitida namoyon bo‘lmaydigan xususiyatlari o‘rganiladi. Bu esa ma’lum bir sharoitni yaratish bilan amalga oshiriladi. Bu shunday sharoitki, bunda ofitserni qiziqtirayotgan xususiyatlar shaxs yoki jamoada namoyon bo‘ladi.
Eksperiment metod sifatida tadqiqotchining o‘rganilayotgan jarayonga faol aralashuvini taqozo qiladi. Shaxs yoki jamoa o‘rnashadigan sharoit oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
Eksperiment o‘ziga xos ilmiy tajriba bo‘lib, qat’iy kuzatuv ostida amalga oshiriladi. Amalga oshish shart-sharoitlariga ko‘ra eksperiment laboratoriya, tabiiy yoki bu har ikkalasi asosidagi aralash eksperiment bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya eksperimentida tadqiqotchi o‘rganilayotgan psixik hodisalarni tug‘diradigan shart-sharoitlarni sun’iy ravishda yaratadi. Tadqiqotchi eksperiment asnosida sharoitlarni o‘zgartirish orqali u yoki bu psixik hodisaga ta’sir etishi mumkin, Ushbu metodni qo‘llaganda u yoki bu hodisani o‘rganish jarayonini bir necha marta takrorlash mumkin.
Boshqa metodlarni qo‘llaganda buning imkoni yo‘q. Har xil texnik moslamalarga nisbatan insondagi psixik reaktsiyalarni o‘rganish labaratoriya eksperimentiga misol bo‘la olishi mumkin. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarni mutaxassisliklarga taqsimlashda labaratoriya eksperimenti qo‘l keladi. Laboratoriya eksperimentida tekshiriluvchining tashqi harakatlarigina emas, balki, undagi ichki (yashirin) fiziologik reaktsiyalar ham o‘rganiladi. Masalan, aqliy faoliyat jarayonida miyada biologik tokning o‘zgarishini o‘rganish yoki emotsional reaktsiyalar vaqtida yurak va qon tomirlari faoliyatining o‘zgarishi va hokazo. Sun’iy eksperiment laboratoriya sharoitida amalga oshirilib, har xil laboratoriya uskunalaridan foydalaniladi. Bunda harbiy xizmatchi o‘zining kuzatuv ob’ekti ekanligini bilib turadi. Bunga misol qilib sizning o‘zingiz kirish imtihonlari vaqtida bajarganingiz – kasbiy (professional) layoqat sinovini aytib o‘tish mumkin. Siz unda ma’lum savollarga javob berish bilan o‘zingizning harbiy kasbga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligingizni ko‘rsatdingiz.
Tabiiy eksperiment esa kundalik, tabiiy sharoitda amalga oshiriladi. U kuzatish va sun’iy eksperiment o‘rtasidagi oraliq uslub hisoblanadi. Masalan, taktik yoki o‘q otish mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchiga vaziyatni o‘zgartirib, qo‘shimcha topshiriqlar berish yo‘li bilan undagi bilim, topqirliq, tashabbuskorlik, xotira, malaka, ko‘nikma, intilish kabiliyatlarni o‘rganish mumkin.
Tabiiy eksperimentda shaxs yoki jamoa barqaror tabiiy hayot faoliyati sharoitida o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tabiiy eksperiment bilib oluvchi va shakllantiruvchi turlarga bo‘linadi.
Bilib oluvchi eksperimentda shaxsdagi bilim, ko‘nikma, malaka, shuningdek, xarakterning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlanadi. Masalan, tekshiriluvchini shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadigan sharoitga solish bilan undagi yo‘nalish aniqlanadi. Oddiy hayotiy vaziyatlar (masalan, o‘zining noqonuniy harakatlari haqida komandirga doklad qiladimi, yo‘qmi; yig‘ilishda o‘z do‘stining hatti-harakatlarini muhokama qiladimi, yo‘qmi; jamoa manfaati uchun sport musobaqalarida ishtirok etadimi, yo‘qmi?) shaxsning axloqiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish uchun boy manba beradi.
Shakllantiruvchi eksperiment vositasida esa shaxs va jamoaning psixologiyasi bilib olinadi, shuning bilan bir qatorda ularga u yoki bu sifatlarni tarbiyalash maqsadida ta’sir o‘tkaziladi. U nafaqat psixologiyada, balki, pedagogikada ham katta ahamiyatga ega. Har qanday eksperiment oldindan tayyorlab qo‘yiladigan gipotezalar bo‘lishini taqozo qiladi. Ushbu gipotezalar tajriba va nazorat guruhlaridagi xulq-atvor hamda faoliyatlarni solishtirish, qiyoslash jarayonida yo inkor qilinadi, yoki o‘z isbotini topadi.
Shakllantiruvchi eksperimentni amalga oshirishning majburiy shartlaridan biri u yoki bu sifatning rivojlanishini ko‘rsatuvchi aniq va barqaror mezonlarning bo‘lishligi hisoblanadi.
Kuzatish va eksperiment boshqa metodlar bilan to‘ldiriladi: suhbat, anketa, test, betaraf xarakteristikalarni umumlashtirish va hokazo.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling