Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Qobiliyatlar, ularni harbiy xizmatchilarda rivojlantirish


Download 384.22 Kb.
bet18/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

16. Qobiliyatlar, ularni harbiy xizmatchilarda rivojlantirish.
O‘qituvchi kursantlarni kuzatib, ulardan bir xillari o‘qishga qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, kursant matematikaga qobiliyatli bo‘ladi-yu, lekin o‘zining og‘zaki va yozma nutqini yaxshi ifodalay olmaydi yoki tillarga, adabiyotga, umuman ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qobiliyatini namoyon etadi, biroq matematika, fizika, texnikani o‘rganish unga qiyinlik qiladi.
Qobiliyat insonning u yoki bu faoliyatni amalga oshirishida juda katta ahamiyatga ega bo‘ladigan shaxs xususiyati hisoblanadi.
Qobiliyatlar deb shunday psixik sifatlarga aytiladiki, inson ular yordamida bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadi.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishidagi nozik farqlar, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proportsional nisbatlarni tushunish (rassomlar ishida), mutloq eshitish (musiqachilar), kuzatuvchanlik (harbiy xizmatchilar) va hokazolar ayon bo‘ladi. Ayrim qobiliyatlar xotiraning yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir (masalan, komandirning topshiriqlarini aniq esda saqlash uni to‘la bajarishda yordam beradi). Kishining fikrlash faoliyatida (materialni tushunish, murakkab masalalarni hal qilish, fikrning chuqurligi, tanqidiylik va mulohazakorlik) qobiliyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatlarga ega kursantlar odatda hamma fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar esa kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, musiqaviy, harbiy faoliyatga nisbatan va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.
Biron faoliyatga nisbatan bo‘lgan qobiliyat o‘z ichiga ancha soddaroq bo‘lgan qobiliyatlarni oladi. Masalan, ofitserning pedagogik qobiliyati o‘z ichiga uch guruh qobiliyatlarni oladi: konstruktiv (o‘quv, tarbiyaviy ishlar mavzusini askarning talablari va individual xususiyatlaridan kelib chiqib tuzish qobiliyati), tashkilotchilik (askarlar faoliyatiga rahbarlik qobiliyati) va kommunikativ (harbiy jamoa va alohida askarlar bilan kerakli munosabatlarni o‘rnata olish qobiliyati). Insonlar krbiliyat bilan yoki qobiliyatsiz tug‘ilmaydilar. Ular u yoki bu qobiliyatlarning rivojlanishiga asos bo‘ladigan anatomik, fiziologik xususiyatlar bilan tug‘iladilar. Ma’lum qobiliyatlarning rivojlanishi yoki rivojlanmasligi insonning faoliyati va hayot sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyatlar ma’lum bilimlar, ko‘nikma va malakalarni tez o‘zlashtirishda, ularni to‘g‘ri ishlatishda hamda amaliyotda o‘ziga xos tarzda qo‘llay bilishda namoyon bo‘ladi.
Har bir inson ma’lum iste’dod va qobiliyat alomatlari bilan dunyoga keladi. Insonda bir turdagi qobiliyat alomatlari bo‘lsa, unda turli iste’dodlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan odam yaxshi rassom bo‘lishi, harbiy sohada esa – yaxshi mergan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari agar insonda bir turdagi qobiliyat alomatlari zaif rivojlangan bo‘lsa, faoliyat jarayonida unda boshqa qobiliyatlar juda yaxshi rivojlanishi mumkii. Lekin, bir narsani esdan chiqarmaslik lozim: eng yuksak iste’dod alomatlariga ega bo‘lgan inson ham, agar ushbu sohada ter to‘kib ishlamasa, faoliyatda yuqori natijalarga erisha olmaydi.
Qobiliyatlar ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarni tez o‘zlashtirishda hamda amaliyotda to‘g‘ri qullay bilishda namoyon bo‘ladi. Bilim, kunikma va malakalarni yangi sharoitlarda qo‘llay bilish yuksak qobiliyat belgisi hisoblanadi.
Yuqori darajadagi qobiliyatga – iste’dod deyiladi.
Iste’dodli odam bir yoki bir nechta faoliyatlarda yuksak natijalarga erishadi. Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar:
- qobiliyatlarning erta namoyon bo‘lishi;
- muayyan faoliyatga xos bilim, ko‘nikma va malakalarni tezda o‘zlashtirish;
ularga nisbatan moyillik va qiziqish.
Iste’dod insondagi qobiliyatning tez rivojlanishidagina emas, balki, insonning qiyin va yangi sharoitlarda ham yuksak natijalarga erisha olishida namoyon bo‘ladi.
U yoki bu insondagi iste’dod favqulodda yuqori darajaga yetishishi mumkin. Bunga talant deyiladi. Talantli odam o‘zining faoliyatiga ijodiy yondashuvi va izlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Bunday odam fan, texnika, san’at, harbiy ish va boshqa sohalarga g‘oyat katta yangiliklar olib kiradi.
Eng yuksak qobiliyatlar sohibiga daho deyiladi. Daho insonlar ijodi jamiyat hayoti uchun tarixiy ahamiyatga ega. Daho o‘zi shug‘ullanayotgan sohada yangi davrni yaratadi.
Masalan, Amir Temur davlatchilik va harbiy sohada, Mirzo Ulug‘bek astronomiya fanida, Alisher Navoiy adabiyotda, Albert Eynshteyn fizika fanida shunday daholar edilar.
Ma’lumki, yosh yigitlar harbiy xizmatga ma’lum qobiliyatlar bilan keladilar. Ofitserning asosiy vazifasi ushbu qobiliyatlarni rivojlantirishdan hamda harbiy faoliyatda ishlatishni to‘g‘ri tashkil etishdan iborat. Eng muhimi bu ishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, har bir askarni uning qobiliyatlariga mos faoliyat sohasiga qo‘yish kerak bo‘ladi.
Ba’zi kishilarda psixologik bilish jarayonlari: diqqat, xotira, idrok rivojlaigan bo‘lishi mumkin. Ular u yoki bu darajada hamma faoliyat turlarida katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling