Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet19/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Shunday qobiliyatlar borki ular shaxs xususiyatlariga asoslanadi:
- qiziqish;
- moyillik;
- temperament.
Shuningdek, ma’lum faoliyatlardagina namoyon bo‘ladigan qobiliyatlar ham bor (matematikaga yoki konstruktorlikka bo‘lgan qobiliyat).
Askarlar faoliyatini ko‘zatib, ularga xos qobiliyatlarni aniqlash mumkin. Shuningdek, ulardagi temperamentlarni ham farqlash mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, insondagi qobiliyatlarni to‘g‘ri baholash oson ish emas. Masalan, o‘quv bo‘linmasi komandiri bitta kursantni kursantlar safidan chiqarishni so‘rab boshlig‘iga murojaat qiladi. U ushbu kursantda tankni haydash qobiliyati yo‘q, degan xulosaga keladi. Bo‘linma komandiri o‘z xulosasini yetarlicha asoslab bera olmaydi, shundan keyin boshliq ushbu kursantni yana ham yaxshiroq o‘rganishni tavsiya etadi. Bo‘linma komandiri ushbu topshiriqni bajaradi: kursant bilan yaxshiroq tanishib, uning shaxsiy sifatlarini va jangovar imkoniyatlarini o‘rgana boshlaydi. Uning harakatlari bekor ketmadi. Ushbu kursant tez orada tungi tank haydash mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. O‘qishning ikkinchi bosqichida esa u birinchi klass mexanik haydovchisi darajasini oldi.
Hozirgi vaqtda juda ko‘p mamlakatlar armiyalarida harbiy xizmatchilar qobiliyatlarini aniqlashda testlardan foydalaniladi. Bu usulning tinchlik davri sharoitlarida foyda berishiga shubha yo‘q. Biroq, kutilmagan holatlarga to‘la urush davri uchun bu usul har doim ham samarali bo‘lavermaydi. Chunki, ekstremal sharoitlarda inson ruhiyati, jo‘mladan, uning qobiliyatlari ham ma’lum o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.
Ofitserning qobiliyatlar haqidagi ma’lum bilimlarga ega bo‘lishi nafaqat o‘z qo‘lostidagi harbiy xizmatchilardagi qobiliyatlarni baholashga, balki, ulardagi qobiliyatlarni kerakli yo‘nalishda rivojlantirishga imkon beradi. Harbiy xizmatchilardagi qobiliyatlarni shakllantirish ular xizmatining birinchi kunidan boshlab, ma’lum reja asosida olib boriladi. Bunda ta’lim jarayonida askar yo‘l qo‘yadigan xato harakatlar tahlili katta rol o‘ynaydi.
Shu narsani esda tutish kerakki, harakatlardagi bir qator qo‘pol xatoliklar oxir-oqibat harbiy xizmatchidagi qobiliyatsizlik bilan bog‘liq bitta umumiy sababdan kelib chiqadi.
Bir xil sharoitda qobiliyatsiz askar yomonroq faoliyat yuritadi. Unga nisbatan individual yondashuv zarur bo‘lib, bu narsa harbiy xizmatchini har tomonlama o‘rgangandagina sezilarli muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydi.
Askarlar har xil tayyorgarlik va mahoratga ega bo‘ladilar. Ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalarning rasman qabul qilingan me’yorlarga qanchalik mos kelishiga qarab, tayyorgarlik darajalari aniqlanadi.
Har bir o‘quv mashg‘ulotida harbiy xizmatchilar oldiga muayyan maqsadlar qo‘yiladi. Lekin, hamma ham bu maqsadlarga bir xil osonlik va aniqlik bilan erishavermaydi. Ular o‘quv jangovar tayergarlik jarayonida turli xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.
Bironta ham kursant yoki askarda harbiy ta’lim biron-bir xatoliklarsiz o‘tmaydi. Yaxshi askar mashg‘ulotlarda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi va bir xil xatoliklarni qayta takrorlamasdan, ularga tezda barham beradi.
Harbiy xizmatchilar harakatlaridagi har bir xatolik har tomonlama baholanishi zarur:
- me’yordan qanchalik chetga chiqqanligiga qarab, xatolikning namoyon bo‘lish darajasi;
- uning takrorlanishiga qarab, barqarorlik darajasi;
- boshqa turdagi xatoliklar bilan bog‘liqlik darajasi;
- xatoliklarning sabablari aniqlanadi.
Harbiy amaliyotda «xatolik» tushunchasi ikki xil holatni anglatadi: birida harbiy xizmatchi amalga oshiradigan noaniq harakat tushunilsa, boshqa holatda esa xatolik tank, samolyot, bomba yoki o‘qning ma’lum yo‘nalishdan chetga og‘ishini bildiradi.
Har qanday xato harakat bir yoki bir nechta sabablarga ega bo‘ladi. Sabablar bir nechta bo‘lganda ushbu xatolik namoyon bo‘lishini belgilovchi sabab bosh sabab, boshqalari esa yordamchi sabablar bo‘ladi. Bartaraf etilishi bilan xatolik ham o‘z-o‘zidan yo‘qoladigan sabab bosh sabab bo‘ladi va asosiy kurash ushbu sabab bilan olib boriladi.
Harbiy xizmat jarayonida askarlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning sabablarini quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:
- tayyorgarlik darajasining pastligi;
- qobiliyatlarning zaifligi;
- intizomsizlik.
Harbiy xizmatchining deyarli har bir xato harakati mana shu sabablardan birontasi yoki hammasining ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Oxir-oqibat ulardan birontasi asosiy, qolganlari esa yordamchi sabablar bo‘ladi. Boshqalardagi xatoliklarni ko‘rib, tahlil qila olgan kishigina o‘z xatoliklarini bilib, ularni tuzata oladi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling