Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Suitsidal xulq-atvorga ega bo‘lgan kishilarni quyidagi uch (3) guruhga ajratish mumkin


Download 384.22 Kb.
bet27/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Suitsidal xulq-atvorga ega bo‘lgan kishilarni quyidagi uch (3) guruhga ajratish mumkin:
- ruhiy kasallar;
- ruhiy jihatdan stressga uchragan;
- sog‘lom kishilar.
Suitsidning ikki xili farq qilinadi:
- oxirigacha yetkazilgani (o‘zini o‘ldirish);
- oxirigacha yetkazilmagani.
Suitsidning bosqichlari:
- dunyoqarash bosqichi (suitsid haqida bilish);
- fikrlashning zaifligi (o‘limga rozi bo‘lish);
- faollik (o‘lish uchun nimadir qilish).
Suitsidal xatti-harakat – bu o‘zini o‘ldirishga intilish bo‘lib, lekin o‘lim bilan tugamaydi.


24. Suitsidal xulq-atvor by….
- haqiqiy;
- namoyish etish;
- yolg‘on (shantaj).
Ba’zi holatlarda inson o‘lishga emas, balki, o‘z muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratishga harakat qiladi, shuningdek, stress holatidan chiqishni xohlaydi.
Juda ko‘p harbiy xizmatchilarda suitsidga aloqador fikrlar xizmatgacha bo‘lgan davrda tug‘ilgan bo‘lib, harbiy xizmatdagi qiyinchiliklar ushbu fikrlarni amalga oshirishga turtki vazifasini o‘taydi, xolos. Kichik yoshdagi kishilarda suitsidal xatti-harakatlar qiyin vaziyatlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Suitsid oldi holatlari bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi.
Ko‘pincha o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladigan bahonalar haqiqiy sabab bilan mos keladi.
O‘z muammolariga yechim topa olmaslik, umidsizlik kabilar suitsidga olib keladi.
Qiyin vaziyat bilan bog‘liq xis-tuyg‘ular inson ongida ustunlik qiladi, bu esa atrofdagi voqelikni to‘g‘ri idrok qilishni cheklab qo‘yadi-tanqidiy fikrlashni va muqobil yechim topishni qiyinlashtiradi. Natijada inson o‘zi kelib qolgan vaziyatni ilojsiz deb qabul qiladi.
Jangovar vaziyatlarda har kungi xavf-xatar ta’sirida ba’zi bir harbiy xizmatchilarda hayotni qadrlash tuyg‘usi zaiflashadi, shuningdek, xavf-xatarni his qilish pasayadi (o‘tmaslashadi). O‘zini saqlash instinkti zaiflashadi, bu esa suitsidal fikrlarning amalga oshishini yengillashtiradi. Urush vaqtida ba’zi askarlarning o‘zlarini o‘limga olib keluvchi qaltis harakat qilishlarini shu bilan izohlash mumkin. Ma’lumki, urush shaxsda agressivlikni, shafqatsizlikni (dushmanga nisbatan) tarbiyalaydi. Ulardagi ushba sifatlar muammoli vaziyatlarda atrofdagi kishilarga ham qaralishi mumknn.
Olimlar tomonidan shunday faktlar ham aniqlanganki, insondagi boshqa kishilarga qaratilgan o‘ch olish, norozil-bildirish va tovlamachilik qilish kabi intilishlar ba’zi bir vaziyatlarda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ushbu insonning o‘ziga qaratilishi ham mumkin.
Harbiy xizmat sharoitida amalga oshiriladigan suitsidal xatti-harakatlarning 80 foizi muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning 2/3 qismi esa xizmatning birinchi yarmini o‘tayotgan askar va serjantlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘q otish qurollari vositasida amalga oshirilayotgan suitsidlar soni yildan- yilga oshib bormoqda. Ularning 75 foizi esa bevosita postlarda yoki qorovullik xizmatini o‘tash jarayonida amalga oshirilmoqda.
Harbiy xizmatchilar tomonidan suitsid xodisalarining sodir etilishida alkogolli ichimliklar ichish ham katta rol o‘ynaydi.
Inson spirtli ichimliklar iste’mol qilganda o‘zini o‘ldirish haqidagi fikrlarning kelishi osonlashadi.
Jami suitsid xodisalarining 2/3 qismi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarning yetarli darajada olib borilmasligi oqibatida yuz bermoqda.
Suitsidga intilgan harbiy xizmatchilarning 50 foizi jamoatchilik tadbirlarida umuman ishtirok etmas ekan. Demak, askarlarni jamoatchilik ishlariga faolroq jalb qilish yo‘li bilan ham suitsidning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Odatda, suitsid qilish ehtimoli bor askarlar quyidagi belgilarga ega bo‘ladilar:
- hech kimga qo‘shilmasdan, o‘zi bilan o‘zi bo‘lishlik;
- hissiyotga o‘ta beriluvchanlik;
- xudbinlik, o‘zini-o‘zi yaxshi ko‘rish;
- omadsizlik;
- boshqalardan ajralib qolish;
- atrofdagilarning hurmati va mehribonchiligidan maxrum bo‘lish va hokazo.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling