Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet75/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Milliy mafkura-jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmuni, ularning intilishi, orzu-umidlarini o‘zida mujassamlashtiradi.Har qanday inson murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy, ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu-maqsadlar sari birlashtirib, o‘zining muddaolariga erishishi uchun ma’naviy, ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan mafkura jamiyat taraqqiyotida quyidagi vaziflarni bajargan:
Birinchidan-davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalaridagi vazifalar kiradi;
Ikkinchidan-bir davlat bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolari, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi.
Uchinchidan-davlat olib boriladigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib qiladi;
To‘rtinchidan-xalqning orzu umidlarini o‘zida ifoda etadigan jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal etish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi».
qaerdaki, mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin. Jamiyat a’zolari mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa inqirozga yuz tutadi.
Insoniyat tarixida davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘lib-dini, ularga egizak holda mafkuraviy qarashlar ham shakllangan. Chunki mafkurasiz davlat yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad, rejasiz, tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi.
Yo‘lga chiqdingmi, manzil, maqsad aniq bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov mafkura muammosiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. «Mafkura umummilliy, umumxalq ahamiyatga ega g‘oya bo‘lib, u xalqni xalq, millatni millat qiluvchi va birlashtiruvchi umumsafarbarlikka da’vat etuvchi kuch ekanligini ta’kidlaydilar».
Vatanizmning yorqin kelajagi bizning milliy g‘oyamiz, milliy mustaqillik mafkuramizning negizini tashkil qiladi. Muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning millat yoki davlatning ehtiyojlarini maqsad va intilishlarini, ijtimoiy, ma’naviy tamoillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Insoniyat tarixida o‘z talab ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinlik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik fashizm va ekstremizm kabi mafkuralarni yuzaga keltirgan.
Bunday g‘oyalar xalqlar boshiga ko‘p kulfat va mo‘sibatlar solgan. Mafkuraning jamiyat, milat, shaxs va fuqaro hayotidagi roli katta. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda umuman mafkuraga uning mohiyatini tushunganlar ham tushunmaganlar ham qarshi kurash boshlab yuborgan edilar, ya’ni hech qanday mafkuraga ega bo‘lmagan, mafkuraviy bo‘shliqqa asoslangan, o‘z g‘oyasiga ega bo‘lmagan jamiyat qurish kabi qarashlarni ilgari so‘ra boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chuqur anglashi, mag‘ziga etib olishi kerak, negaki, jamiyatning jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa, inqirozga yuz tutadi.
Insoniyat tarixida davlat va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ular egizak holda mafkuraviy qarashlar ham shakllangan. Boisi mafkurasiz harbiy jamoa yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad rejasiz, tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharriri va «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida milliy g‘oya, milliy mafkuraning O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi tutgan o‘rni, ahamiyati bayon qilib berganligini alohida ta’kidlash joiz: «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat ham bo‘lishi mumkin emas. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi».



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling