Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Ma’naviyat-arabcha «ana’» so‘zidan olingan bo‘lib, ruh, aql, idrok degan ma’noni bildiradi. Ma’naviyat kishilarning yig‘indisidir. Ma’naviyat ona suti orqali ajdodlar o‘giti va ota namunasi orqali shakllanadi va rivojlanadi.
Ma’naviyatning ikkita tarkibiy qismi mavjud: ma’rifat; madaniyat. Ma’rifat «arafa» so‘zidan olingan bo‘lib, ilm olish, tanish-bilish ma’nolarini anglatadi. Ma’rifatni keng ma’noda «maorif» sifatida tushunish mumkin. Madaniyat arabcha «madina» so‘zidan olingan bo‘lib, «shahar» so‘zini ifodalaydi. Madaniyat kishilik taraqqiyoti jarayonda yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisidan iborat. Uning nazariy jihatdan 2 ta turi: moddiy va ma’naviy madaniyat mavjud. Moddiy-bino, uy-joy, san’at asarlari kiradi. Milliy g‘oya-chuqur ilmiy asoslarga ega. U dunyoviy diniy fanlar va hayot, jamiyat, tabiatidan o‘ziga moslashtirib oladi. Milliy g‘oya bu ma’naviyatimizni qadriyatlarimizga munosabatlarini qandayligini shakllantiradi. Ma’naviy qadriyatlarimizni belgilashda faqat ilmiy merosni o‘rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiladigan aqidalarni ochish va ularni hayotda tadbiq qilishdir. Qisqacha qilib aytganda, g‘oya-inson tafakkuri mahsuli, milliy g‘oya esa, millat tafakkurining mahsulidir. Milliy g‘oya-inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar majmuidir. Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr-o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa, voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi.G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmuniga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Masalan, o‘rta asrlarda jaholat va inkvizitsiya shaxsning orzu-intilishlari, erkinligi va tashabbuskorligi yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan paytda polyak olimi Nikolo Kopernik Erning quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm nazariyasini olg‘a surdi. Bu g‘oya ham, avvalo, bir jasoratli shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e’tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy qismiga aylangan. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling