Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Tarbiyada shaxs rivojlanishini amalga oshirishda ajdodlarimiz ilmiy merosining ahamiyati
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
49. Tarbiyada shaxs rivojlanishini amalga oshirishda ajdodlarimiz ilmiy merosining ahamiyati.
O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar o‘z ahamiyatiga ko‘ra tarixiy voqealardir. Insoniyat o‘zining tarixi taraqqiyoti davrida ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’rifiy jarayonda ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta’lim-tarbiya uslublarini yaratadi. Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi. Jamiyatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan islohotlarga bog‘liqdir. Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o‘zlarining juda oddiy mehnat faoliyati jarayonda ko‘pgina ehtiyojlarni qondirganlar. Mustaqillik tufayli barcha sohada milliy ehtiyoj va manfaatlardan kelib chiqqan holda avlod-ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribalari tiklanmoqda. Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyatimiz kelajagi yosh avlod-farzandlarimizning yuksak darajadagi ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir.Shuning uchun ham bugungi kunda bu masalaga jiddiy e’tibor bermoqdamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishini biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida ajdodlarimiz ilmiy meroslaridan, pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir.Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi.Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tizimning mahsuli deb tushunishimiz lozim. «Lo‘nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, shaxsni rivojlanishi, jamiyatimizning yangilanish, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir»-deydi I.A. Karimov. Jamiyat a’zolarining madaniy-ma’rifiy, axloqiy kamoloti, ta’lim-tarbiya ishlarining oqilona yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq. Agar inson to‘g‘ri tarbiya topmasa uning faoliyati jamiyat uchun zararli bo‘ladi. Demak, axloq-ma’naviyat o‘zagi. «Avesto»da inson o‘z mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yozuvliklardan qutilishi mumkin, degan ulug‘ g‘oya yotadi. Unda axloqiylikning asosi-saxovatlilik, deb ko‘rsatilgan. Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim-tarbiya, shaxs faoliyati shaxsni shakllantirishning asosiy omillari-deb tushuniladi. Shaxsning, ayniqsa harbiylarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘i biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bilan irsiyatning, ya’ni yoshlarning nasl-nasabining roliga omillarimiz alohida e’tibor bermoqda. Bola tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanishi, etuk inson bo‘lib voyaga etishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ammo o‘tmish ajdodlarimiz aqidalariga ko‘ra bola tarbiyasi onani qornida rivojlana boshlanadi va tashqi holatlar, ijtimoiy vaziyatlarga qarab o‘sib boradi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. «Sog‘lom avlod yili» deb ataganlari bu sog‘lom naslni nazarda tutganlar. Sog‘lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, bugun jamiyatdan jiddiy e’tibor va o‘zluksiz mehnat talab qiladi. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, etti pushtining tozaligiga, avlodning solig‘iga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz. «Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, onaning sog‘lig‘iga bog‘liq», deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani urab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Muhit-bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (gegrafik, ekologik), ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat), oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol o‘ynaydi. Barkamol avlod birdangina paydo bo‘lmaydi. U oiladan boshlanadi. Oiladagi iqlim farzandlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Oila bilan birga xalq ta’limi tizimida ham tarbiya mazmunini yangilash, ya’ni ijtimoiy muhit sharoitida rivojlantirish zarur. O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti xalqning boy ilmiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir. Sharq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari va Islom ta’limotlarida shaxsni tarbiyasiga, odob axloqi haqida ko‘p qimmatli masalahatlar, fikrlar beriladi. Ularning g‘oyalarida odamiylik, rahm-shavqat, muruvvat, mehr-oqibat, diyonat kabi fazilatlar uyg‘unlashib kelgan. Sharqona an’analarmizga ko‘ra harbiylar jamoasida kattalarga salom berish, bir-biriga samimiy munosabatda bo‘lish, e’zozlash, mehribonlik qilish, tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka va yaxshilikka da’vat etgan. Insonparvarlikni targ‘ib etib razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik va kamolotga, mehnat qilishga hamda er yuzini obod va go‘zal qilishga undaydi. Qur’onda iymonning o‘ziga xos mezoni sanalgan saxovat, jasorat, sabr-qanoat, to‘g‘rilik, vafodorlik va sadoqatlikka katta e’tibor berilgan. Bu oliy darajadagi insoniy xislatlar bo‘lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Imom-al-Buxoriyning tarbiya haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o‘lim keltiruvchi fojia sifatida qoralanadi. U odamlarning to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisi borligini ko‘rsatadi, ular: Yolg‘on gapirish; Va’daga vafo qilmaslik; Omonatga xiyonat qilish-dan iborat. U insonning kuch-qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqqanda o‘zini tiya olishda, deb biladi. Imom-al Buxoriyning «Al-adab al-mufrad» asarini umumiyinsoniy axloqiy qadriyatlar durdonasi desak, hech mubolig‘a qilmagan bo‘lamiz. Alloma Abu Iso at-Termiziy yoshlik chog‘ida Hadis mutolaasiga kirishib, yoshlarni rivojlantirishiga doir ko‘p g‘oyalar tushirilgan. U «Sunan» kitobida keltirilgan Hadislarda uning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari ko‘p uchraydi. Chunonchi: «Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da’vat etishning va zulmdan qaytarishing-sening sadaqang», «Adashgan kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishing ham-sadaqa», «Hatto kambag‘allarga xushmuomalada bo‘lishing ham-sening sadaqang», «Yerda xalaqit berib yotgan biror tosh, tikanak yoki suyakni bir chekaga olib qo‘yishing, o‘z paqiringdan boshqalarning idishiga suv olib berishing ham-sadaqa» hisoblanadi deb da’vat etgan. Imom At-Termiziy hadislar orasida yoshlarni axloq-odob, marhumlarga hurmat, sabr-toqatli bo‘lishga taklif etgan. Ajdodlarimiz yaratgan asarlar tarkibida tarbiyaning nazariyasini ifodalaganlar. Uning sababi usha davrda Sharq tanlanish arafasida inson muammosi ma’naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Ma’rifiy risolalarida asosan shaxsning rivojlanishini nazarga olib tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari tahlil etilgan. Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davvoniy, Koshifiy, Kaykovus, Sa’diy, Jomiy, Navoiylarning «Fozil odamlar shahri», «baxt saodatga erishuv haqida», «Axloq haqida risola», «Ishq risolasi», «Katadg‘u biliq», «Axloqi Nosiriy», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Muhsiniy», «Hibbat-ul-haqqoiq», «qobusnoma», «Guliston», «Bo‘ston», «Mahbub-ul-qulub» kaba ta’lim va tarbiyaga oid asarlari inson shaxsini, ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirish muomalalariga qaratilgan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shunday an’analarimiz bo‘lishiga qaramay ba’zi hollarda ota-onalarni, ustozlarni behurmat qilish, ularni xo‘rlash, qarovsiz qoldirish singari xudbin holatlarni uchratib turamiz. Bunday holning uchrashi o‘zbek milliy odatlariga, sha’niga, qadriyatlariga dog‘ hisoblanadi. O‘g‘ri, qimorboz, giyohvand, ishga layoqatsiz, dangasa, noqobil bolalar qaerdan kelib qoladilar? Ular ona qornidan shunday bo‘lib tug‘ilmaydilar-ku? Spirtli ichimlik ichgan, giyohvand bo‘lgan, ota-onalardan nogiron tug‘ilgan bolalarga nima deyish mumkin? Buning sababi juda ko‘p, oqibati esa juda yomon. Buning uchun bir necha mavzularda munozaralar tashkil qilish kerak. Birinchi mavzu: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling