Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi


Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1519282
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu-t-ch

Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, O‘zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog‘langan davlatlarga yordam ko‘rsatish hollari bundan mustasno;
  • xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;
  • harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
  • harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo‘lishi;
  • yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
  • Qurolli Kuchlarning iqtisodiyot, aholi, hududga nisbatan qilingan tajovuzni daf etishga doim shay turishi;
  • mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi;
  • harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash.

Fuqarolarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

Fuqarolarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

  • O‘zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchi.
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga, shuningdek o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning o‘rni o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi

  • 1991-yil 31-avgustda navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining 6-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unda, jumladan, shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmatni tashkil etish huquqiga ega”. Ushbu qonunni bajarish yuzasidan 1991-yil 6-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari Vazirligi tashkil etildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi va tuzilishi tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy-harbiy boshqaruv organlari, fuqarolar mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashkil qilindi. Keyinchalik sobiq Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida mudofaa ishlari Vazirligining Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyi bo‘linmalari tashkil qilindi. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori katta rol o‘ynadi. Ushbu qarorga muvofiq respublika hududida joylashgan sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining tasarrufiga olindi hamda ular moddiy texnika va mablag‘ bilan taʼminlanadigan bo‘ldi. Shu tarzda mustaqil davlatimiz Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy ishlari yakunlandi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling