Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Download 48.97 Kb.
|
23 15.09.2000
Umumiy masalalar
1.1. Harbiy jinoyatlar deganda, harbiy xizmatchilar tomonidan, shuningdek, harbiy yig‘inlar vaqtida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar tushuniladi. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi — qo‘shinlar hayoti va jangovar faoliyati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar bo‘lib, ular qonunlar, harbiy qasamyod va nizomlarda belgilab qo‘yilgan. Ushbu hujjatlarda harbiy xizmat fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, yakkaboshchilik va undan kelib chiqadigan tobe shaxsning boshliqqa so‘zsiz itoat qilishi, ushbu munosabatlar subyektlari huquq va erkinliklarining aniq belgilab qo‘yilishi kabi harbiy tashkilot tamoyillari mustahkamlab qo‘yilgan. Oldingi tahrirga qarang. 1.2. Harbiy jinoyatlarning subyekti O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarni o‘tayotgan harbiy xizmatga majbur shaxslar bo‘lishi mumkin. (1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 1.3 Jinoyat ishlarining harbiy sudlar sudloviga tegishliligi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 45-moddasi va Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan (1-ilova). (1.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Jumladan, harbiy sudlar sudloviga favqulotda holatlarga ko‘ra umumiy sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylardagi barcha jinoyat ishlari, davlat sirlariga daxldor ishlar, shuningdek, harbiy xizmat davrida harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan, biroq ish sudda ko‘riladigan paytga kelib harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar sodir etgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Oldingi tahrirga qarang. Shu munosabat bilan sudlar sudloviga taalluqlilik haqidagi qonun talablariga qat’iy rioya etishlari lozim. (1.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Download 48.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling